Kingston (Ontario)
Kanadadagi shahar From Wikipedia, the free encyclopedia
Kanadadagi shahar From Wikipedia, the free encyclopedia
Kingston – Kanadaning Ontario provinsiyasidagi shahar. Ontario koʻlining shimoli-sharqiy tomonida, Toronto va Monreal shaharlari oʻrtasida joylashgan. Shahar yaqinidan Mingorol orollari hamda Prince Edward kauntisi kabi sayyohlik hududlari oʻrin olgan. Kingstonning laqabi „Ohaktosh shahri“ (inglizcha: Limestone City), chunki shahardagi koʻplab binolarda mahalliy ohaktosh ishlatilgan.
Kingston | |
---|---|
Kingston shahri (inglizcha: City of Kingston) | |
Nickname: Limestone City | |
Motto(s): Antiquitate Civilitate Humanitate (lot.) („Faxrli tarixga ega xushmuomala va topqir hamjamiyat“) | |
Koordinatalari: 44°14′05″N 76°30′39″W | |
Mamlakat | Kanada |
Provinsiya | Ontario |
Asos solingan | 1673 (Fort Cataraqui oʻlaroq; keyinchalik Fort Frontenac deb oʻzgartirilgan) |
Inkorportatsiya qilingan | 1838 (shaharcha); 1846 (shahar) |
Birlashtirilgan | 1998 (Kingston va Pittsburgh shaharlari) |
Hukumat | |
• Mayor | Bryan Paterson[1] |
• Boshqaruv organi | Kingston shahar kengashil |
• MP (Federal) |
Mark Gerretsen (LPC) Scott Reid (CPC) |
• MPP (Provinsial) |
Ted Hsu (OLP) John Jordan (PCPO) |
Hudud | |
• Quruqlik | 451,19 km2 (200 sq mi) |
• Metro | 1 906,82 km2 (700 sq mi) |
Balandligi | 93 m (305 ft) |
Aholisi (2021) | |
• Shahar | 132 485 |
• Zichligi | 274,4/km2 (700/sq mi) |
• Metro | 172 546 |
• Metro zichligi | 83,1/km2 (200/sq mi) |
source:[2] | |
Vaqt mintaqasi | UTC−05:00 (EST) |
• Yoz (DST) | UTC−04:00 (EDT) |
Pochta indeksi diapazoni |
K7K – K7P |
Hudud kod(lar)i | 613, 343 va 753 |
YAIM | CA$ 9,4 milliard (2018)[3] |
Kishi boshiga YAIM | CA$ 54 022 (2016) |
Veb-sayt | www.cityofkingston.ca |
1841–1844-yillarda Kingston Kanada provinsiyasining birinchi poytaxti boʻlgan[4]. 1844-yil 10-mayda poytaxt Monrealga koʻchirilgan. Kingston qisqa vaqt davomida poytaxt boʻlgan boʻlsa-da, shahar harbiy jihatdam muhim ahamiyat kasb etib keladi. Kingston Ontario provinsiyasining taʼlim va sogʻliqni saqlash markazi hisoblanadi. Unda ikkita yirik universitet, kasb-hunar kolleji hamda uchta yirik shifoxona joylashgan.
Kingston 1998-yilgacha Frontenac kauntisining markazi boʻlgan. Hozirgi kunda esa Kingston Frontenac kauntisidan alohida munitsipalitetdir. Kingston Ontario janubi-sharqidagi eng yirik munitsipalitet hamda Ontario provinsiyasining oʻninchi eng yirik metropoliten hududidir. Shahar, shuningdek, Kanadaning birinchi bosh vaziri John A. Macdonaldning vatani hisoblanadi.
Kingston shahrining dastlabki nomi Cataraqui boʻlib, bu unga mahalliy xalqlar bergan nomdir. Bu soʻz „buyuk yigʻilish joyi“, „yashirinadigan joy“, „oʻtib boʻlmas“, „loyqa daryo“, „chekinish joyi“, „suvdan koʻtarilgan loy qirgʻoq“, „daryolar va koʻllar uchrashadigan joy“, „suvdadagi toshlar“ yoki „ohaktosh (yoki loy) joylashgan joy“ maʼnolarini anglatishi mumkin[5][6][7][8][9][10][11].
1787-yilga kelib Cataraqui qirol George III sharafiga „King's Town“ yoki „the King's Town“ (oʻzbekcha: „Qirol shahri“) deb atala boshlangan. Bu nom 1788-yilda „Kingston“ deb qisqartirilgan[12][13]. Cataraqui nomi bilan bugungi kunda Princess koʻchasi va Sydenham Road chorrahasi atrofidagi hudud ataladi. Makzur hududda Cataraqui qishlogʻi (avvalgi Waterloo deb nomlangan) joylashgan. Cataraqui, shuningdek, munitsipal saylov okrugining nomidir.
2021-yilda Kingston aholisining 82,4% oq tanli/yevropalik, 13,4% koʻzga koʻrinadigan ozchiliklar va 4,2% mahalliy aholi tashkil qilgan. Koʻzga koʻrinadigan eng katta ozchilik guruhlari janubiy osiyoliklar (3,4%), xitoylar (2,4%), qoratanlilar (2,0%), arablar (1,2%) va lotin amerikasiliklardir (1,0%)[14].
Etnik va madaniy kelib chiqishi (2021) | Aholi | Foiz |
---|---|---|
Irlandlar | 33,410 | 25.9% |
Inglizlar | 32,920 | 25.5% |
Shotlandlar | 28,430 | 20.0% |
Kanadaliklar | 20,990 | 16.3% |
Fransuzlar | 14,315 | 11.1% |
Germaniyalik-kanadaliklar | 12,210 | 9.5% |
Oqtanlilar
Yevropalik-kanadaliklar |
6,675 | 5.2% |
Britaniya orollari | 6,535 | 5.1% |
Gollandiyalik-kanadaliklar | 6,395 | 5.0% |
Italyanlar | 4,630 | 3.6% |
Kanadadagi hindular (Shimoliy Amerika hindulari)
Kanadadagi mahalliy xalqlar |
3,825 | 3.0% |
Polshalik-kanadaliklar | 3,550 | 2.7% |
Xitoylik-kanadaliklar | 3,155 | 2.4% |
Valliy(uelslik)-kanadaliklar | 3,025 | 2.3% |
Eslatma: bir kishi bir nechta etnik guruhga tegishli ekanligini aytishi mumkin. |
Panetnik guruh |
2021[15] | 2016[16] | 2011[17] | 2006[18] | 2001[19] | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Aholi soni | % | Aholi soni | % | Aholi soni | % | Aholi soni | % | Aholi soni | % | |
Yevropalik-kanadaliklar | 106,315 | 82.34% | 104,340 | 86.79% | 106,660 | 89.68% | 103,540 | 90.78% | 103,030 | 92.75% |
Kanadadagi tub xalqlar | 5470 | 4.24% | 4,220 | 3.51% | 3,485 | 2.93% | 2,360 | 2.07% | 1,765 | 1.59% |
Janubiy osiyolik kanadaliklar | 4,430 | 3.43% | 2,395 | 1.99% | 1,995 | 1.68% | 1,720 | 1.51% | 1,430 | 1.29% |
Sharqiy osiyolik kanadaliklar | 3,990 | 3.09% | 3,250 | 2.7% | 2,505 | 2.11% | 2,920 | 2.56% | 2,035 | 1.83% |
Afrikalik kanadaliklar | 2,600 | 2.01% | 1,750 | 1.46% | 1,105 | 0.93% | 1,030 | 0.9% | 685 | 0.62% |
Yaqin sharqlik kanadaliklar | 2,300 | 1.78% | 1,480 | 1.23% | 1,065 | 0.9% | 645 | 0.57% | 530 | 0.48% |
Janubiy osiyoliklar | 1,860 | 1.44% | 1,300 | 1.08% | 1,035 | 0.87% | 755 | 0.66% | 755 | 0.68% |
Lotin amerikalik kanadaliklar | 1,270 | 0.98% | 885 | 0.74% | 805 | 0.68% | 710 | 0.62% | 595 | 0.54% |
Boshqalar | 875 | 0.68% | 590 | 0.49% | 280 | 0.24% | 360 | 0.32% | 265 | 0.24% |
Umumiy javoblar | 129,115 | 97.46% | 120,215 | 97.11% | 118,930 | 96.41% | 114,050 | 97.31% | 111,085 | 97.28% |
Umumiy aholi | 132,485 | 100% | 123,798 | 100% | 123,363 | 100% | 117,207 | 100% | 114,195 | 100% |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.