John Tate
amerikalik matematik / From Wikipedia, the free encyclopedia
John Tate (talaffuzi: Jon Teyt) (1925-yil 13-mart — 2019-yil 16-oktyabr) — amerikalik matematik. Tate algebraik sonlar nazariyasi, arifmetik geometriya va algebraik geometriya sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. 2003-yil Wolf mukofoti bilan, 2010-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
John Tate | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
13-mart 1925-yil Minneapolis, Minnesota, AQSh |
Vafoti |
16-oktyabr 2019-yil(2019-10-16) (94 yoshda) Lexington, Massachusetts, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Princeton universiteti (1950-1953) Columbia universiteti (1953-1954) Harvard universiteti (1954-1990) Austindagi Texas universiteti (1990-2009) |
Akademik rahbarlari | Emil Artin |
Mashhur shogirdlari |
George Bergman Joe Buhler Bernard Dwork Benedict Gross Robert Kottwitz V. Kumar Murty Stephen Lichtenbaum Jonathan Lubin Carl Pomerance Kenneth Alan Ribet Joseph H. Silverman Dinesh Thakur Jerrold B. Tunnell William C. Waterhouse |
Mashhur ishlari |
Tate gipotezasi Tate moduli Hodge-Tate moduli Serre-Tate teoremasi Shafarevich-Tate guruhi Sato-Tate gipotezasi |
Mukofotlari |
Cole mukofoti (1956) Steele mukofoti (1995) Wolf mukofoti (2002/03) Abel mukofoti (2010) |
Tate Harvard universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1950-yilda Princeton universitetidan Emil Artin rahbarligida PhD ilmiy darajasini olgan[1]. Buning ortidan u 36 yil Harvard universitetida dars bergan. 1990-yildan 2009-yil nafaqaga chiqquniga qadar Texas universitetida ishlagan[2].
Tatening son maydonlaridagi Fourier analizi boʻyicha ishlari zamonaviy avtomorfik formalar teoriyasi uchun asos boʻlgan. Tate, shuningdek, Tate kogomoliya guruhlari asoschisidir[3] . Uning taniqli ishlari qatorida Tate gipotezasi, Tate moduli, Hodge-Tate moduli, Serre-Tate teoremasi, Shafarevich-Tate guruhi hamda Sato-Tate gipotezasini aytib oʻtish mumkin. Olim p-adik son nazariyasiga ham salmoqli hissa qoʻshgan. Tate qator matematikka ustozlik qilib, sonlar nazariyasining rivojlanishiga sababchi boʻlgan. Uning taniqli shogirdlari orasida George Bergman, Bernard Dwork, Benedict Gross, Robert Kottwitz, Jonathan Lubin, Stephen Lichtenbaum, James Milne, V. Kumar Murty, Carl Pomerance, Ken Ribet, Joseph H. Silverman, Dinesh Thakurlar bor.