Birlashgan Millatlar Tashkilotining 5-Bosh kotibi (1920-2020) From Wikipedia, the free encyclopedia
Xavier Perez de Kuelyar de la Gerra (ispancha: Javier Pérez de Cuéllar y de la Guerra; 19-yanvar 1920, Lima, Peru – 6-mart 2020[1]) 1-yanvar 1982-yildan 31-dekabr 1991-yilgacha Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi boʻlgan[2].
Javier Pérez de Cuéllar talaffuzi: Xavier Perez de Kuelyar | |
---|---|
ispancha: Javier Pérez de Cuéllar y de la Guerra | |
Peru bosh vaziri | |
Mansab davri 2000-yil 22-noyabrdan – 2001-yil 28-iyulgacha | |
Prezident | Valentin Paniagua |
Oʻtmishdoshi | Fedeico Salas |
Vorisi | Roberto Daninio Sapata |
Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi | |
Mansab davri 1982-yil 1-yanvardan – 1991-yil 31-dekabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Kurt Waldheim |
Vorisi | Butros Butros-Gʻoliy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-yanvar 1920-yil Lima, Peru |
Vafoti |
4-mart 2020-yil (100 yoshda) Lima, Peru |
Mukofotlari |
Xaver Peres de Kuelyar 1920-yil 19-yanvarda Peruning Lima shahrida kelib chiqishi Kuelyardan boʻlgan ispaniyalik ijarachi oilasida tugʻilgan[3][4][5]. Ota-bobolari 16-asrda Ispaniyadan koʻchib kelgan. Otasi u 4 yoshga toʻlganida vafot etgan[6]. Kolegio San-Agustinda oʻqidi, fransuz tilini oʻrgandi va 1943-yilda Peru Papalik katolik universitetida huquqshunoslik darajasini oldi.
1940-yilda Tashqi ishlar vazirligiga, 1944-yilda diplomatik xizmatga ishga kirdi. Peruning Fransiyadagi elchixonasida 3-kotib boʻlib ishladi[7][8][9]. Britaniya, Boliviya va Braziliyada ishlagan[10]. 1964—1966-yillarda Shveytsariyada, 1969—1971-yillarda Sovet Ittifoqi va Polshada, 1977—1979-yillarda Venesuelada elchi boʻlib ishlagan[11][10].
1946-yilda Londonda chaqirilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasida Peru delegatsiyasi va Assambleyaning 25-30-sessiyalarida delegatsiyalar aʼzosi boʻlgan[12][13]. 1971-yilda Peruning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlandi. 1975-yilgacha Assambleyadagi mamlakat delegatsiyasiga rahbarlik qildi[12].
1973-1974-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashida Peru vakili boʻlgan[14]. 1975-yil 18-sentyabrda Bosh kotibning Kiprdagi maxsus vakili etib tayinlandi. 1977-yil dekabrigacha bu lavozimni egallagan[14]. 1975-yilda Peres de Kuelyar birinchi xotinidan ajrashdi va Marsela Templ Seminarioga (1933–2013) uylandi, undan farzandi yoʻq edi[15][16][17].
1979-yil 27-fevralda BMT Bosh kotibining maxsus siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. 1981-yil apreldan Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Bosh kotibning maxsus vakili sifatida ham ishlagan. Oʻsha yilning aprel va avgust oylarida Pokiston va Afgʻonistonga tashrif buyurdi[18].
1981-yil dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi etib saylandi[19]. 1986-yil oktyabr oyida bir ovozdan ikkinchi muddatga qayta saylandi[20]. Peres de Kuelyarning bosh kotib sifatidagi ikkinchi muddati, rejalashtirilganidek, 1991-yil 31-dekabrda yakunlandi[21].
1995-yilda Peru prezidentligi uchun Alberto Fuhimori bilan kurashdi. Fuhimori korruptsiyada ayblanib isteʼfoga chiqqanidan soʻng, u 2000-yil noyabridan 2001-yil iyuligacha bosh vazir va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan[22][23]. Alejandro Toledo 2001-yilda prezident etib saylanganidan keyin[24], Javier Pérez de Cuéllar Peruning Fransiyadagi elchisi va YUNESKOdagi doimiy vakili sifatida Parijga bordi va 2004-yilda nafaqaga chiqdi[23].
1997-yilda Peres de Kuelyar oʻzining „Pilgrimage for Peace“ memuarini yozdi[25]. Peres de Kuelyar 100 yoshga toʻlganidan ikki oy oʻtib, 2020-yil 4-mart kuni Limadagi uyida vafot etdi[26][27].
1987: Javoharlal Neru mukofoti[7].
1987: Xalqaro hamkorlik uchun Asturiya shahzodasi mukofoti[7].
1989: „Tinchlik uchun“ xalqaro mukofoti. Italiya tadqiqot instituti Archivio Disarmo tomonidan berilgan[7].
1989: Xalqaro tushunish va umumiy xavfsizlik uchun Olof Palme mukofoti[7].
1991: Faxriy Legionning Buyuk xochi[7].
1991: Qirolicha Yelizaveta II tomonidan berilgan Muqaddas Mixail va Muqaddas Georgiy ordeni faxriy ritsari[7].
1991: Amerika akademiyasining Oltin plastinka mukofoti[7].
1991: AQSh Prezidentining Ozodlik medali[7].
1992: Ozodlik medali[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.