From Wikipedia, the free encyclopedia
Jasur Hasanov (1983-yilning 2-avgustida tugʻilgan) — Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda „Soʻgʻdiyona“ futbolchisi.[1]
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jasur Orziqulovich Hasanov | ||
Tavallud sanasi | 2-avgust 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Jizzax Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Soʻgʻdiyona | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Soʻgʻdiyona | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2022 | Soʻgʻdiyona | 57 | (2) |
2003—2004 | Navbahor | 47 | (7) |
2005—2007 | Mashʼal | 40 | (4) |
2007—2010 | Bunyodkor | 94 | (10) |
2010—2011 | Laxviya | 27 | (5) |
2011—2012 | Qatar.SK | 11 | (0) |
2012 | Emirates | 9 | (1) |
2012—2013 | Bunyodkor | 32 | (4) |
2014—2016 | Lokomotiv | 53 | (7) |
2016—2017 | Qizilqum | 29 | (1) |
2017—2018 | Nasaf | 25 | (1) |
2018—2019 | AGMK | 25 | (3) |
2019- | Soʻgʻdiyona | 79 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2018 | Oʻzbekiston | 53 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hasanov futbolchilik faoliyatini 16 yoshida ona shahri Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ futbol klubida boshlagan. 2003-yilgi mavsum oldidan u Oʻzbekistonning boshqa jamoasi — Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. Ikki yildan soʻng Muborakning „Mashʼal“ jamoasiga kelib qoʻshildi. Muborakliklar safida ilk bor Osiyo chempionlar ligasida qatnashdi va xalqaro maydonda dastlabki gollarini kiritdi. 2008-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu jamoa safidagi ilk mavsumidayoq 1-Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. U bu muvaffaqiyatni keyingi ikki yil ichida takrorladi. 2010-yilda u Qatarning „Laxviya“ klubiga oʻtdi.
Jasur Hasanov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2007-yilda oʻtkazgan. Terma jamoa bilan u JARda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralashida ishtirok etdi. 2011-yilda u Osiyo Kubogiga chaqirilgan. Oʻzbekistonliklar oʻz guruhida 1-oʻrinni egallab, musoboqada toʻrtinchi oʻrinni olishdi.
Hasanov 2007-yilda Oʻzbekiston Ligasi kumush medallari sovrindori boʻlgan boʻlgan „Bunyodkor“ bilan shartnoma imzoladi. U tez orada jamoaning asosiy aʼzosiga aylandi va „Bunyodkor“ni 2008-yilda, 2009 va 2010-yillarda esa ilk bor Oʻzbekiston Ligasi chempionligiga olib keldi. 2009-yilda u Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi,[2] jamoadoshi Rivaldo va Odil Ahmedovga yutqazdi.
2010-yilda Hasanov Qatarning „Laxviya“ klubiga ijaraga berildi. Hasanov ularga klub 1-ligaga chiqqan birinchi yilida Qatar Yulduzlar ligasida ilk bor chempion boʻlishlariga yordam berdi. 2011-yilning 7-iyulida Hasanov „Laxviya“dagi ijara muddati tugaganidan keyin „Bunyodkor“ga qaytgani maʼlum boʻldi.[3]
2011-yilning 24-avgustida Hasanov Qatarning boshqa klubi Qatar SC ga 1 yillik shartnoma asosida ijaraga berilgani yana OAVda tasdiqlandi. U Iroq fuqarosi Qusay Munirni almashtirmoqchi. Qatar SC raisi Nosir Al Tani kelishuvdan mamnunligini bildirdi. Oʻtgan mavsumda „Lexviya“ bilan bir qator yaxshi va barqaror oʻyin koʻrsatgan Hasanov bilan shartnoma imzolaganimizdan juda xursandmiz. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasida ham eng yaxshi oʻyinchi. U katta muvaffaqiyatga erishishiga ishonchimiz komil", — dedi rasmiy Qatar SC vakili.[4] U jamoada doimiy boshlangʻich oʻn bir oʻrinni egallay olmagach, klubni tark etdi.[5]
Xasanov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida 2007-yildan buyon oʻynab kelmoqda, u 2007-yilning 22-avgust kuni Ukraina terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoada debyut qilgan.
2011-yil (5ta oʻyin, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yil (2ta oʻyin) Osiyo kubogining final turnirlarida ishtirok etgan.
№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2011-yil 2-yanvar | Sharja stadioni | Iordaniya | 2-2 | Durang | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2 | 2012-yil 8-iyun | Camille Chamoun Sports City Stadium, Beirut | Livan | 1-1 | Durang | 2014 FIFA World Cup qualification |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.