Jalaquduq tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jalaquduq — Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Xoʻjaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tuzildi).
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Andijon viloyati |
Maʼmuriy markazi | Jalaquduq |
Yirik shahari | Jalaquduq |
Boshqa yirik shaharlari | Oyim, Janubiy Olamushuk, Yorqishloq |
Asos solingan sanasi | 1926-yil 29-sentyabrda |
Hokim | Hikmatullo Latipov |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 195 200 |
Millatlar tarkibi | o‘zbek, qirg‘iz va boshqa millatlar |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 0,37 ming kv. km km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99874 |
Pochta indeksi | 1711ХХ |
Internet domeni | uz |
Avtomobil raqami kodi | 60-69 |
Xaritada | |
40°43′0.1″N 72°22′59.9″E |
Tuman viloyatning Qoʻrgʻontepa, Xoʻjaobod, Paxtaobod, Andijon, tumanlari hamda Qirgʻiziston Respublikasining O‘sh va Jalolobod viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni — 0,37ming kv. km. Aholisi — 195 200 kishidan ortiq.
Jalaquduq tumanida 1ta shahar (Jalaquduq), 4ta shaharcha (Janubiy Olamushuk, Qoʻshterak, Yorqishloq, Oyim) 6 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Abdullabiy, Beshtol, Jalaquduq, Behishkaram, Teshiktosh, Qatortol) bor. Markazi — Jalaquduq shahri.
Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar oʻramida yogʻingarchilik koʻproq boʻlganligidan, u erlar ilgari qamishzor, toʻqayzor boʻlgan. Tuman nomi „jele“ yoki „jelak“ soʻzidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: oʻtmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qoʻyiladigan quduqlar asta-sekin „jelaquduq“ deb ataladigan boʻlganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „jalaquduq“ yoki „jalolquduq“ shaklida qishloq, soʻngra tumanga nom boʻlib qolgan deyiladi.
Jalaquduq tumani hududida 11ta arxeologik tepalik, 5ta meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Dalvarzintеpa, Qoratepa, Eshonota va Qilichmozor tepaliklari eng qadimiy arxeologik yodgorliklar, Toshmasjid esa milliy meʼmorlik namunasidir.
Fargʻonaliklar VIII asr boshida Fargʻona vodiysiga kelgan Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi musulmon qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Shunga qaramasdan Fargʻona fath etiladi. Qutayba ibn Muslim yangi saylangan xalifa Sulaymonga boʻysunishdan bosh tortganligi uchun xos askarlari tomonidan 715-yilda hozirgi Jalaquduq tumani hududida oʻldirilgan. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Muslimning qabri Qilichmozor qishlogʻida. Bu qishloq yonidagi qabriston „Raboti sarxang“ (hozirgi „Mozorbuva“) deb ataladi.
Jalaquduq tumani viloyatning shimoli-sharqida joylashgan. Relyefi pasttekkislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi — keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati — 27, yanvarniki — minus 3 daraja. Vegetatsiya davri — 160-180 kun. Yiliga oʻrtacha 250 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Andijonsoy (3,5 km), Shahrixonsoy, Savay kanallari, Qoradaryo oqib oʻtadi. Tuman yerlari och tusli oʻtloqi boʻz tuproqdan iborat. Adirlarda efеmеr oʻsimliklar, ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, shoʻra oʻsadi.
Aholisi — asosan, oʻzbеklar. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 kv. km ga 397 kishi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.