Ibrohimjon Rahmonovich Asqarov (1949-yil 6-oktyabr, Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor.
Ibrohimjon Asqarov | |
---|---|
Tavalludi |
6-oktyabr 1949-yil Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Oliy attestatsiya komissiyasi kimyo, kimyoviy texnologiya, farmatsevtik tadqiqotlar va xalq tabobati fanlari boʻyicha ekspertlar kengashi |
Taʼlimi | Andijon davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | kimyo fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
Ibrohimjon Asqarov 1949-yil 6-oktyabrda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tavallud topgan. 1965—1970-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti kimyo-biologiya fakultetini tamomlagan. 1975—1987-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining kimyo kafedrasida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1987—1993-yillar Andijon davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasining mudiri, kimyo-biologiya fakulteti dekani, Andijon davlat Universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda Ibrohimjon Asqarov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi kimyo, kimyoviy texnologiya, farmatsevtik tadqiqotlar va xalq tabobati fanlari boʻyicha ekspertlar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
1991-yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1992-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[2]. Ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq ixtirolari uchun patent olgan va ularni amaliyotga joriy qilgan, shuningdek, 1100 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan. Olimning umumtaʼlim maktablari 7, 8, 9-sinf oʻquvchilari uchun „Kimyo“ darsligi oʻzbek, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman, qoraqalpoq tillarida chop etilgan[3], 10-sinf oʻquvchilari uchun „Kimyo (organik kimyo)“ darsligi, „Organik kimyo“, „Tovarlar kimyosi“, „Fitoterapiya“, „Dalillarga asoslangan xalq tabobati usullari“, „Kimyo (Anorganik kimyo. Akademik litseylar uchun chuqurlashtirilgan kimyo fanidan darslik)“ kabi darsliklar, „Kimyo asoslari“, „Kimyodan test“, „Oʻzbekistonlik kimyogar olimlar“, „Tabobat Qomusi“, „Sirli tabobat“, „Tovarlar kimyosi va xalq tabobati“, „Anemiya va uni xalq tabobati usullari bilan davolash“ kabi 70 dan ortiq monografiyalar va oʻquv-qoʻllanmalar muallifi[1]. 1992-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Ibrohimjon Asqarov tashabbusi bilan 2018-yilda Oʻzbekistonda tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchilar „Tabobat“ akademiyasi tashkil qilingan boʻlib, ushbu akademiyaga olimning oʻzi rais etib saylangan. 2020-yilda Ibrohimjon Asqarov, kimyo fanlari doktori, professor R.Nuriddinov, Kanadaning Toronto Universiteti professori F.Polyak, Latviya Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik I.Kalvinshlar bilan hamkorlikda oʻsimlik moddalari asosida virusli kasalliklar profilaktikasi uchun „AC-CURCUMIN“, „ANTICOVIR“, „ANTIVIR 101“, „ACKOROVIR“ va „NONI ANTIVIR“ kabi yangi biologik faol oziq-ovqat qoʻshilmalarini ixtiro qildilar[4]. Olim tomonidan 2019-yilda „Xalq Tabobati Plyus“ ilmiy-ommabop jurnali tashkil etilgan[1].
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.