Ispaniya masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ispaniya masjidi (shuningdek, Iqbol Ud Daula masjidi yoki Aiwan-E-Begumpet jome masjidi nomi bilan ham tanilgan) – Paigah saroyidagi masjid. U Hindistonning Haydarobod shahridagi Begumpet hududida joylashgan[1][2].
Masjid | |
Ispaniya masjidi | |
Masjidning kirish qismi | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Haydarobod |
Koordinatalar | 17.443811°N 78.472616°E |
Asoschi | beshinchi Paigah amiri Navob Muhammad Fazaluddin Xon, Iqbol Ud Daula, ser Viqar-ul-Umra |
Binokorlik | 1902—1906 |
Asosiy sana: 1906 | |
Ispaniya masjidi Vikiomborda |
Masjid qurilishi beshinchi Paigah amiri Navob Muhammad Fazaluddin Xon, Iqbol Ud Daula, ser Viqar-ul-Umra tomonidan 1900-yilda boshlangan va 1902-yilda toʻsatdan vafot etganligi sababli qurilish ishlari uning merosxoʻri va toʻngʻich oʻgʻli H. E. Navob tomonidan yakunlangan. Sulton Ul Mulk Bahodur va malika Jahondarunissa Begimga Paigaxning VI amiri va Vikar Ul Umra xonim Ispaniyadan qaytganidan soʻng, Kordova sobori-masjididan juda ilhomlanganini aytgan. Ispaniya masjidining tashqi va ichki koʻrinishi asosan Ispaniyadagi Kordova sobori-masjidi va Hindistondagi Karnataka shatidagi Gulbar jome masjidiga oʻxshaydi. U eng zamonaviy interyer va arxitektura uslublarini oʻzida namoyish etadi[3][4].
Masjid oʻzining noyob ispan (mavriy) meʼmorchiligi uslubi sababli Mavrlar masjidi sifatida ham tanilgan va Hindistondagi oʻziga xos inshoot boʻlgani aytiladi. Diqqatga sazovor xususiyati – odatiy minoralar yoki gumbazlar oʻrniga shpallardan foydalanilganligi boʻlib, ular bu masjidning cherkovga oʻxshagan koʻrinish namoyish etishini taʼminlaydi. Tashkil etilganidan buyon ushbu masjid Paiga amiri Ser Viqar-ul-Umraning merosxoʻrlari tomonidan taʼmirlanib kelinadi va boshqariladi[5][6].
Masjid mahalliy musulmon jamoatchiligi orasida Masjid Iqbol Ud-Daula, Masjid Aivan-e-Begumpet nomi bilan ham tanilgan. Majid bir vaqtda 3000 nafar namozxonni oʻzida sigʻdira oladi[7]. Ispaniya masjidi juda mashhur va Sekunderabad musulmon jamoasining muhim ahamiyatli masjidi hisoblanadi. Inshoot masjidning vasiysi va Paigahlar oilasining aʼzosi boʻlgan janob Faizxon tomonidan boshqariladi.
Ispaniya masjidi ASI tomonidan eʼlon qilingan madaniy meros obyekti ro‘yxatiga kiritilgan boʻlib, UNESCOning Osiyo-Tinch okeani hududidagi inshootlar holatini koʻrib chiqish muhokamasida ham tilga olingan[3][4][8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.