![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a1/Peganum_harmala_kz04.jpg/640px-Peganum_harmala_kz04.jpg&w=640&q=50)
Isiriq
From Wikipedia, the free encyclopedia
Isiriq (lotincha: peganum) — tarkibida alkaloidlar bo‘lgan, xalq tabobatida shifobaxsh vosita sifatida turli yo‘llar bilan (jumladan, tutatib) foydalanib kelinadigan, isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻpyillik yovvoyi o‘t o‘simlik[1].
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a1/Peganum_harmala_kz04.jpg/640px-Peganum_harmala_kz04.jpg)
Boʻyi 60-70 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sargʻish-oq, shoxining uchida. Mevasi dumaloq koʻsakcha. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi (Peganum harmala) oʻsadi. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, garmalin, peganin va b.), yogʻ, boʻyoq kabi moddalar bor. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi. Badboʻy islarni yoʻqotish, har xil ofatlarni qaytarish maqsadida ham isiriqdandan foydalaniladi.