Barg
From Wikipedia, the free encyclopedia
Barg (lot. folium, yun. phyllon) – yuksak oʻsimliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Baʼzi oʻsimliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti taʼsirida shakli oʻzgarib, oziq yoki suv gʻamlash, himoya qilish, ilashish kabi qoʻshimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. Bargning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim oʻsimliklar (mas, palma, banan) bargi 20 m ga yetadi. Bargning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi barg bandi deyiladi.