From Wikipedia, the free encyclopedia
Indoneziyaning gulli timsollari Indoneziyaning endemik florasi vakillaridan tuzilgan boʻlib, ular Indoneziyani ifodalovchi va Indoneziya bioxilma-xilligini tavsiflovchi milliy ramz maqomini olgan. Milliy gul ramzlari bilan bir qatorda Indoneziyaning har bir tegishli provinsiyasini ifodalovchi oʻziga xos viloyat gulli timsollari ham mavjud.
Bundan tashqari, Indoneziya ham Teak oʻsimligini milliy daraxt sifatida eʼtirof etadi.
Indoneziya ramzi boʻlgan gulli timsollarning uchta toifasi mavjud:
Melati putih (jasminum sambac), shirin xushboʻy hidli kichik oq gul, Indoneziya anʼanalariga koʻra uzoq vaqtdan beri muqaddas gul hisoblanib kelingan, chunki u poklik, muqaddaslik, nafislik, soddalik va samimiylik maʼnolarini anglatadi. Rasmiy milliy ramz sifatida 1990-yilda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunida eʼlon qilingan va Prezidentning 1993-yildagi 4-sonli Farmoni (Keputusan Presiden) orqali qonun bilan kuchga kirgan boʻlsa-da, Jasminum sambacning Indoneziya madaniyatidagi ahamiyati uning rasmiy qabul qilinishidan oldinroq sodir boʻlgan. Sukarno davrida Indoneziya Respublikasi tashkil topganidan beri melati putih har doim norasmiy ravishda Indoneziyaning milliy guli sifatida eʼtirof etilgan. Ushbu gulning hurmati va yuksak mavqei, asosan, qadim zamonlardan beri Indoneziya anʼanalarida yasemin sambakining ahamiyati bilan aloqador degan taxminlar mavjud.
Melati putih, shuningdek, mahalliy indoneziyaliklar uchun toʻy marosimlari vaqtida, ayniqsa Java orolida eng muhim gul hisoblanadi[4]. Toʻliq ochilmagan yasemin gul kurtaklari odatda ronsen melati deb ataladigan yasemin gulchambarlarini yaratish uchun olinadi. Toʻy kunlarida anʼanaviy yavalik yoki sundanlik kelinning sochidagi konde (soch oʻrami) ni yopish uchun soch toʻgʻnogʻichiga oʻrnatilgan yasemin gulchambarlaridan foydalanishadi. Yasemin gulchambarlarining bir-biriga bogʻlangan toʻplami kelinning bosh qismiga oʻrnatiladi. Kuyovning kris (qurol)i, Arya Penangsang afsonasi bilan bogʻliq boʻlgan roncen usus-usus (ichaksimon gulchambarlar) deb nomlangan beshta yasemin gulchambari bilan bezatiladi. Makassar va Bugi kelinlarining sochlari marvaridga oʻxshash yasemin kurtaklari bilan bezatiladi Yasemin, shuningdek, ruhlar va xudolar uchun, ayniqsa, Bali hindulari orasida gul qurbonliklari sifatida ishlatiladi va koʻpincha dafn marosimlarida ham qoʻllanadi.
Yasemin Indoneziya anʼanalarida keng amahiyatga ega; bu hayot, goʻzallik va tantanali toʻyni ifoda etuvchi guldir, lekin u koʻpincha ruh va oʻlim bilan bogʻliq tarzda ham tavsiflanadi. Indoneziyaning vatanparvarlik qoʻshiqlari va sheʼrlarida halok boʻlgan melati koʻpincha vatan uchun jonini fido qilgan halok boʻlgan qahramonlar timsoli sifatida olqishlanadi. Ismoil Marzukining vatanparvarlik qoʻshigʻi "Melati di Tapal Batas" (chegaradagi yasemin) (1947) va Guruh Sukarnoputraning "Melati Suci" (muqaddas yasemin) (1974) yaseminni halok boʻlgan qahramonlar timsoli sifatida aniq ifodalaydi hamda ular timsolini abadiylashtiradi.
Keyingi ikkita milliy gul turli sabablarga koʻra tanlangan. Oy orxideyasi oʻzining goʻzalligi uchun bu roʻyxatga kiritilgan boʻlsa, qolgan ikkita noyob gullar Rafflesia arnoldii va Titan arum oʻziga xosligi va Indoneziya gullarining biologik xilma-xilligini ifoda etish maqsadida etirof etilgan.
Indoneziyaning 34 viloyatining har birida gul timsoli sifatida ishlatiladigan mahalliy oʻsimliklar mavjud. Quyida Indoneziya viloyatlari ramzini ifodalovchi Indoneziya gul timsollari roʻyxati berilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.