ijtimoiy munosabatlarni o'rnatish uchun onlayn platforma From Wikipedia, the free encyclopedia
Ijtimoiy tarmoq — bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma.
Roʻyxatda keltirilgan ijtimoiy tarmoqlarga qoʻshimcha ravishda Web 2.0 formatida quyidagi manba turlari mavjud:
1803-1869-yillarda yashagan XIX asr rus yozuvchisi, faylasufi va jamoat arbobi Vladimir Odoyevskiy oʻzining 1835-yilda yozilgan „4338-yil“ tugallanmagan utopik romanida zamonaviy bloglar va umuman internetning paydo boʻlishini bashorat qilgan edi. Unda aytilishicha, „tanish uylar oʻrtasida magnit telegraflar joylashgan boʻlib, ular orqali uzoq masofada yashovchilar bir-biri bilan gaplashadi“, shuningdek, „koʻp xonadonlarda, ayniqsa yaxshi tanish boʻlganlar oʻrtasida“ nashr etiladigan "uy gazetalari " haqida: bu gazetalar "oddiy yozishmalar oʻrnini bosadi ", ularda „odatda egalarining sogʻligʻi yoki kasalligi haqida xabarlar va uydagi boshqa yangiliklari, soʻngra turli fikrlar, mulohazalar, kichik ixtirolar, shuningdek, qachon tushlikka chaqirilishi, baʼzan esa le menyu oʻrin oladi“ [3].
Ijtimoiy tarmoqlarning eng avvalgi shakli elektron eʼlonlar taxtasi boʻlib, ularning birinchisini CBBS nomi ostida IBM xodimi U. Kristensen tomonidan 1978-yilda yaratilgan[4]. 1983-yilda allaqachon dunyoda 800 ta, 1988-yilda esa 5000 ta elektron doskalar mavjud edi[5].
Internetda ijtimoiy tarmoqlar 1995-yilda Classmates.com AQSh portali paydo boʻlishi bilan mashhurlikka erisha boshladi. Loyiha juda muvaffaqiyatli boʻldi, bu keyingi sanoqli yillarda bir necha oʻnlab shunga oʻxshash xizmatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Lekin ijtimoiy tarmoq „portlash“ining rasmiy boshlanishi 2003-2004-yillarda AQShda LinkedIn, MySpace va Facebook ishga tushirilgani hisoblanadi[6]. Internetning rus tilida soʻzlashuvchi segmentida Odnoklassniki va VKontakte koʻrinishidagi ijtimoiy tarmoqlar 2006-yildan beri ommalasha boshladi (Facebook saytining ruscha versiyasi faqat 2008-yilda paydo boʻlgan).
Ijtimoiy tarmoqlar kuchli marketing tadqiqotlari vositasidir, chunki foydalanuvchilar oʻzlari, qarashlari, qiziqishlari, didlari va hokazolar haqidagi maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda joylashtiradilar. Shundan kelib chiqib, reklama beruvchilar ularning reklamasi qaysi foydalanuvchilarni qiziqishtirishini juda aniq belgilashlari va oʻz reklamalarini profillaridagi maʼlumotlarga (yoshi, jinsi, yashash joyi va boshqalar) qarab aniq foydalanuvchilarga yoʻnaltirishi mumkin. Ushbu turdagi reklama maqsadli deb ataladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda reklama bozori barqaror oʻsib bormoqda. 2007-yildagi eMarketer maʼlumotlariga koʻra, u 1,225 milliard dollarga yetgan. Hisobotni tuzishda eMarketer mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamaning barcha turlarini, shu jumladan, displey, kontekstli, audio va video reklamalarni, shuningdek, marketologlar ijtimoiy tarmoqlarda oʻz mahsulotlari va brendlari uchun profil yaratadigan marketing loyihalarining xarajatlarini hisobga oldilar. Bundan tashqari, prognozlarda vidjetlar va ilovalarni yaratish xarajatlari birinchi marta hisobga olindi. 2011-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi reklamadan tushgan daromad 5 milliard dollardan oshdi[7].
Ijtimoiy tarmoqlarda reklamadan foydalanib, siz quyidagi parametrlar boʻyicha birlashtirilgan foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlashingiz mumkin:
Ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozlarni jalb qilishning yana bir usuli kompaniyalar uchun ijtimoiy tarmoqlarda hamjamiyatlar yaratishdir. Bunday hamjamiyatlar kompaniyaning mahsulot yoki xizmatlariga qiziqishi yuqori boʻlgan foydalanuvchilarga yangi maʼlumotlarni yetkazish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar nafaqat jamoatchilik bilan aloqa va toʻgʻridan-toʻgʻri marketing vositasi sifatida, balki, orasida obroʻli shaxslar boʻlgan juda aniq auditoriyaga qaratilgan aloqa kanali, shuningdek, mijozlarni jalb qilishning samarali vositasi sifatida ham qoʻllanishi mumkin[8].
Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan maʼlumotlarini har kim topishi va har doim ham yaxshi niyat bilan ishlatmasligi mumkinligini anglamaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxs haqidagi maʼlumotlarni ularning ish beruvchilari[9], qarindoshlari, qarz yigʻuvchilar, jinoyatchilar va boshqa manfaatdor shaxslar topishlari mumkin. Sud ijrochilari baʼzan ijtimoiy tarmoqlardan qarzdorlarni topish yoki ularning mulki haqida maʼlumot olish uchun foydalanadilar [10].
Baʼzi ish beruvchilar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni ta'qiqlaydi — nafaqat iqtisod nuqtai nazaridan, balki maʼlumotlarning tarqalishini oldini olish uchun ham[11][12]..
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari haqorat, tanqid, „nomaqbul sharhlar“ va asossiz mish-mishlarga duch kelishi mumkin[13].
Ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishga qaramlik tufayli psixosomatik kasalliklar paydo boʻlishi holatlari kuzatilgan — Belgradda foydalanuvchi Snejana Pavlovich (Snezhana Pavlović) „Facebook“ ijtimoiy tarmogʻidagi qaydi uning onlayn-doʻstlari orasida qiziqish uygʻotmaganidan keyin psixiatriya klinikasiga yotqizilgan. Klinika shifokorlari ushbu holatni „Snejana sindromi“ deb atashdi va bemorning xatti-harakatlarini zamonaviy dunyoda shaxsning ijtimoiy ehtiyojlarini qoniqtirilmasligidan kelib chiqqan oddiy stress deb izohladilar[14].
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish xavfi mavzusi turli ilmiy maqolalarda yoritilgan, jumladan:
Baʼzi ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlarda „oʻlim guruhlari“ faoliyat yuritishini taʼkidlaydilar, ular oʻz joniga qasd qilishni targʻib qiladi va bolalarni oʻz joniga qasd qilishga undaydi[17][18]. 2016-yilda Rospotrebnadzor hayotni ixtiyoriy ravishda tark etishni tashviqot qiluvchi va uning turli usullarini tavsiflovchi materiallarning uchdan biridan koʻprogʻi VKontakte ijtimoiy tarmogʻida toʻplanganligini aytdi[19]. 2017-yil 7 iyundan boshlab Rossiyada Internetda „oʻlim guruhlari“ ni tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi, u 6 yilgacha qamoq jazosini koʻzda tutadi [20]. VKontakte ijtimoiy tarmogʻining yaratuvchisi Pavel Durov DLD konferensiyasida bergan intervyusida internet-trolling muammolarini aytib oʻtdi va ularni Telegramning tayyor server yechimlari va protokollaridan foydalangan holda LiveOnce yangi ijtimoiy tarmogʻini yaratish orqali hal qilishga vaʼda berdi [21].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.