From Wikipedia, the free encyclopedia
Ish beruvchilar — xodimni ishga olish huquqi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar. OʻzR Mehnat kodeksiga kura: korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida; mulkdorlarning oʻzi ayni bir vaqtda rahbar boʻlgan xususiy korxonalar; 18 yoshga toʻlgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda I.b. boʻlishi mumkin. I.b.ning huquq va burchlari, majburiyatlari, xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish shartlari Oʻzbekiston Respublikasining MK va mehnatga oid qonunlarida belgilab berilgan. Konunga koʻra, I.b.: korxonani boshqarish va oʻz vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish; mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ishni lo-zim darajada bajarishni xodimdan talab qilish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa I.b. bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga aʼzo boʻlish huquqiga ega. I.b. xodimlar vakillik organlari (kasaba uyushmalari va ularning saylab qoʻyiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar)ning huquqlariga rioya qili-shi, ularning faoliyatiga koʻmaklashishi shart. Korxonada I.b. nomidan vakillikni maʼmuriyatning mansabdor shaxslari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va b. normativ hujjatlar, ularning ustavlari yoki nizomlari asosida berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradi. Qonunda I.b.ning ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etishga yoʻl qoʻymasligi koʻrsatib oʻtilgan (OʻzR Mehnat kodeksi, 78-modda). [1][2]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.