Hot dog (inglizcha: hot dog — soʻzma-soʻz tarjimasi „issiq it“) — maxsus yumshoq non orasiga kolbasa, yoki sosiska qoʻyilgan, qaylali (koʻpincha ketchup), tezpishar taom turi. Shuningdek hot-dogga pishloq, qovurilgan goʻsht, koʻkatlar qoʻshilishi mumkin. Ushbu taomning juda koʻp turlari mavjud. Odatda hot-dog yeyayotgan kishi hech qanday idish ishlatmaydi[1][2][3][4].
XIX asr oxirida yashagan frankfurtlik qassob „Dachshund kolbasasi“ nomli kolbasa tayyorlagan boʻlib, „Dachshund“ soʻzi nemischadan tarjima qilinganda it zoti hisoblanadigan „taksa“ maʼnosini bildiradi. Nemis emigranti AQShga ushbu kolbasa turini oʻzi bilan olib borgan. 1871-yildan boshlab, u non boʻlaklariga oʻralgan kolbasa sota boshlagan. Bir yilning oʻzida 3684 dona shunday kolbasa mahsulotini sotishga ulgurgan. Ushbu mahsulot oddiy xalq orasida mashhur boʻlib ketgan. 1901 — yildan esa boshqa sotuvchilar oddiy non oʻrniga uzunchoq shakldagi yumshoq nonga oʻrab sota boshlashgan. Nemischa „Dachshund“ soʻzini AQShlik reklama xodimi Dargan „hot-dog“ga oʻzgartirgach va keng ommaga taqdim etgan. 1987-yilda Frankfurtda hot-dogning 100 yilligi nishonlangan.
- 18-iyul kuni AQShda 1957-yildan buyon rasmiy „Hot-dog kuni“ bayrami oʻtkaziladi.
- Har bir AQSh fuqarosi yiliga oʻrtacha 60 dona hot-dog tanovul qiladi.
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.