Harry Potter va Feniks jamiyati (film)
David Yates rejissyorligidagi film / From Wikipedia, the free encyclopedia
Harry Potter va Feniks jamiyati (inglizcha: Harry Potter and the Order of the Phoenix) – J. K. Rowlingning ayni nomli romani asosida 2007-yilda tasvirga olingan fentezi janridagi film[6]; Harry Potter filmlar seriyasining beshinchi qismi. Filmga David Yates rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Michael Goldenberg yozgan. Filmda bosh rollarni Daniel Radcliffe, Rupert Grint, Emma Watson, Helena Bonham Carter, Robbie Coltrane, Warwick Davis, Ralph Fiennes, Michael Gambon, Brendan Gleeson, Richard Griffiths, Jason Isaacs, Gary Oldman, Alan Rickman, Fiona Shaw, Maggie Smith, Imelda Staunton, David Thewlis, Emma Thompson va Julie Walters ijro etgan.
Harry Potter va Feniks jamiyati | |
---|---|
Harry Potter and the Order of the Phoenix | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | David Yates |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Michael Goldenberg |
Qaysi asarga asoslangan |
Harry Potter and the Order of the Phoenix –J. K. Rowling |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Nicholas Hooper |
Kinematografiya | Sławomir Idziak |
Muharrir(lar) | Mark Day |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Warner Bros. Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 138 daqiqa[2] |
Mamlakatlar | |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $150 million[4][5] |
Daromadi | $939,9 million[6] |
Avvalgi film | Harry Potter va Alanga kubogi |
Keyingi film | Harry Potter va tilsim shahzodasi |
Film premyerasi 2007-yilning 11-iyulida AQShda, 2007-yilning 12-iyulida esa Birlashgan Qirollikda boʻlib oʻtgan. Film kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilangan hamda koʻplab mukofotlarga, jumladan, BAFTAga nomzod etib koʻrsatilgan. Byudjeti £75–100 millionni ($150–200 million) tashkil etgan ushbu kinokartina umumjahon boʻylab prokatlarda $942 million ishlab topgan va 2007-yilning ikkinchi eng kassabop filmiga aylangan[7][8].