From Wikipedia, the free encyclopedia
Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi.
Muallif(lar) | J. K. Rowling |
---|---|
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Qismlar | Harry Potter |
Janr(lar)i | fentezi |
Nashr etilgan sanasi | 26-iyun 1997 – 21-iyul 2007-yil |
Nashriyot | Bloomsbury Publishing (Birlashgan Qirollik) |
Harry Potter romanlari turkumining birinchisi boʻlmish Harry Potter va hikmatlar toshi 1997-yil 26-iyunda chiqarildi. Roman umumjahon boʻylab mashhurlikka erishdi, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. 2018-yilning fevraliga koʻra, Harry Potter romanlari toʻplami butun dunyo boʻylab 500 milliondan oshiq nusxada sotilgan boʻlib, buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami boʻldi.[1] Shuningdek, shu kungacha ushbu romanlar toʻplami saksonta tilga tarjima qilingan. Toʻplamning oxirgi toʻrttasi ketma-ket tarzda eng tez sotilgan kitob oʻlaroq rekord oʻrnatdi. Toʻplamning oxirgisi boʻlmish Harry Potter va ajal tuhfalari romani Buyuk Britaniyada 2.7 million nusxada, AQShda esa 8.3 million nusxada sotilgan.
Toʻplam Buyuk Britaniyada Bloomsbury nashriyotida, AQShda Scholastic Press nashriyotida ingliz tilida chop etilgan.
Ushbu romanlar turkumi asosida sakkizta film suratga olindi. Ularning barchasi Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan boʻlib, umumjahon boʻylab taxminan $25 milliard daromad qilgan[2] va buning ortidan tarixda uchinchi eng kassabop film qismlari boʻldi.
Shuningdek, Rowling tarafidan yozilgan ssenariyga asoslangan Harry Potter and the Cursed Child („Harry Potter va lanʼatlangan bola“) nomli pyesa premyerasi 2016-yil 30-iyulda London shahridagi Palace teatrida boʻlib oʻtdi.
Filmlar Harry Potter ismli bolaning hayotini aks ettiradi. Birinchi kitob, Harri Potter va hikmatlar toshida, Harry Durslilar uyidagi zinapoya ostidagi shkafda, uning xolasi, amakisi va amakivachchasi Dadli bilan yashaydi. Durslilar oʻzlarini mutlaqo normal deb hisoblashadi, ammo 11 yoshida Harry uning sehrgar ekanligini aniqlaydi. U Hagrid ismli yarim gigant bilan uchrashadi, u uni Hogvarts jodugarlik va sehrgarlik maktabiga borishga taklif qiladi. Harry goʻdakligida uning ota-onasi qora sehrgar Lord Voldemort tomonidan oʻldirilganligini biladi. Voldemort Harryni oʻldirmoqchi boʻlganida, uning tavqi laʼnati qayta tiklandi va Harry peshonasida chaqmoq shaklidagi chandiq bilan omon qoladi.
Film[3][4][5] | Reliz sanasi | Rejissor(lar) | Ssenariynavis(lar) | Produser(lar) |
---|---|---|---|---|
Harry Potter va hikmatlar toshi | 10-noyabr, 2001-yil | Chris Columbus[6][7] | Steve Kloves[8] | David Heyman |
Harry Potter va maxfiy hujra | 15-noyabr, 2002-yil | |||
Harry Potter va Azkaban mahbusi | 31-may, 2004-yil | Alfonso Cuarón[9] | David Heyman, Chris Columbus va Mark Radcliffe | |
Harry Potter va Alanga kubogi | 18-noyabr, 2005-yil | Mike Newell[10] | David Heyman | |
Harry Potter va Feniks jamiyati | 11-iyul, 2007-yil | David Yates[11][12][13] | Michael Goldenberg[14] | David Heyman va David Barron |
Harry Potter va tilsim shahzodasi | 15-iyul, 2009-yil | Steve Kloves[8] | ||
Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism | 19-noyabr, 2010-yil | David Heyman, David Barron va J. K. Rowling | ||
Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism | 15-iyul, 2011-yil | |||
Film | Reliz sanasi | Rejissor(lar) | Ssenariynavis(lar) | Produser(lar) | Status |
---|---|---|---|---|---|
Fantastik maxluqlar | 18-noyabr, 2016-yil | David Yates[15] | J. K. Rowling[16][17] | David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves va Lionel Wigram[17][18][19] | Chiqarilgan |
Fantastik maxluqlar: Grindelwaldning jinoyati | 16-noyabr, 2018-yil | ||||
Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore | 8-aprel, 2022-yil | Steve Kloves va J. K. Rowling | David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves, Lionel Wigram va Tim Lewis | Tugallangan[20] | |
Nomsiz 4- va 5-Fantastik maxluqlar filmlari | Nomaʼlum | Suratga olinish ishlarida |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.