Futbol stadioni From Wikipedia, the free encyclopedia
Gran Canaria stadioni Ispaniyaning Kanar orollarida joylashgan Las Palmasdagi stadion. Hozirda ushbu stadiondan UD Las Palmas jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazib keladi. Stadion 2003-yilda Estadio Insular oʻrinbosari sifatida umumiy foydalanish uchun ochilgan.
Panoramic view of the stadium | |
Manzili | Las Palmas, Ispaniya |
---|---|
Operator | Cabildo de Gran Canaria |
Sigʻimi | 32,392 [1] |
Rekord muxlislar tashrifi |
32,037 (Las Palmas vs Real Madrid, 27 January 2024)[2] |
Maydon oʻlchami | 105 metr (115 yd) x 68 metr (74 yd) |
Konstruksiya | |
Ochilgan | 8-may 2003-yil |
Kengaytirilgan | 2014–2016 |
Arxitektor |
Pedro Medina Guillermo Ortego Carretero |
Ijarachilar | |
UD Las Palmas (2003–hozirgi) Ispaniya milliy terma jamoasi (tanlangan o'yinlar) |
2030-yilgi FIFA Jahon chempionatining oʻyinlariga mezbonlik qilish ehtimoli mavjud[3].
Stadion 2003-yil 8-mayda barcha oʻrindiqlar toʻlgan UD Las Palmas hamda Anderlext jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinidan keyin foydalanishga topshirilgan. Oʻyin Las Palmasning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Maydondagi ilk golni Rubén Castro kiritgan[4].
32,400 insonni oʻz bagʻriga sigʻdiradigan ushbu stadion Ispaniyadagi eng yirik stadionlar orasida 14-oʻrinni va Kanar orollaridagi sigʻimi boʻyicha eng yirik stadion hisoblanadi.
Stadionda 2014-yil 11-noyabrdan 16 oy davom etgan rekonstruksiya ishlari oʻtkazildi. Yangilangandan keyin yugurish yoʻlakchasi olib tashlandi va yangi futbol uchun maxsus maydonga aylantirildi.
Sana | Raqib | Hisob | Musoboqa |
---|---|---|---|
18-avgust 2004-yil | Venesuela | 3-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
21-noyabr 2007-yil | Shimoliy Irlandiya | 1-0 | UEFA Euro 2008 saralash |
18-noyabr 2018-yil | Bosniya va Gersegovina | 1-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.