professional italiya futbolchisi From Wikipedia, the free encyclopedia
Gianni Infantino (talaffuzi: Janni Infantino; 23-mart 1970-yil; Brig-Glis, Vallis, Shveysariya) — Shveysariyalik sport va futbol mutaxassisi va mulozimi, 2016-yilning 26-fevralidan FIFAning 9-Prezidenti. Asl kasbi huquqshunoslik.
Gianni Infantino | |
---|---|
Tavalludi |
23-mart 1970-yil |
Fuqaroligi | Shveysariya va Italiya |
Gianni Infantino 1970-yilning 23-mart kuni Shveysariyaning Vallis kantonidagi Brig-Glis shaharchasida, kelib chiqishi Italiyalik boʻlgan oilada tavallud topgan. Asl kasbi huquqshunoslik, advokat diplomiga ham ega. Italyan, fransuz, olmon va ingliz tillarida erkin soʻzlasha oladi, shuningdek ispan va arab tillarini ham biladi.
UEFAda ish boshlashidan oldin, Shveysariyadagi Nevshatel universiteti qoshidagi sportni tadqiq qiluvchi Xalqaro markazda (CIES) bosh kotib, bundan oldinroq esa maslahatchi sifatida Yevropaning turli milliy chempionatlari, shu jumladan Ispaniya, Italiya, Shveysariyada va boshqa futbol birlashmalarida faoliyat yuritgan.
UEFAda Infantino 2000-yilning avgustidan faoliyat yuritishni boshlagan. Ushbu tashkilotdagi faoliyatining ilk yillari yuridik va iqtisodiy masalalarni, shuningdek futbolning boshqa muammolarini hal qilish bilan shugʻullangan. 2009-yilning 1-oktabridan to FIFA Prezidenti boʻlguniga qadar UEFA bosh kotibi lavozimida ishladi.
2016-yilning 26-fevral kuni FIFA Prezidenti saylovining ikkinchi turida 207 ovozdan 115 tasini olishga muvaffaq boʻlib ushbu tashkilotning 9-Prezidenti boʻldi[1][2].
Infantino oilali, uning turmush oʻrtogʻi Livandan. Ularning toʻrt nafar farzandi bor.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.