Futbol boʻyicha 2024-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi
From Wikipedia, the free encyclopedia
2024-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi 9-Oʻzbekiston Superkubogi boʻlib, har yili oʻtgan mavsumdagi Superliga va Kubok gʻoliblari oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol oʻyini boʻladi. Toshkentning „Paxtakor“ klubi 2023-yilgi Oʻzbekiston Superliga chempioni boʻlgan boʻlsa, Oʻzbekiston Kubogi chempioni sifatida „Nasaf“ ham oʻyinda ishtirok etdi[1]. Oʻyinni avvalgi turnirda ham hakamlik qilgan Aziz Asimov boshqarib bordi. Asosiy vaqtda Paxtakor klubidan Dragan Ćeran va Nasaf jamoasidan Sharof Muhiddinovlarning gollari hisobiga 1-1 hisobida yakunlangan[2]. Turnir qoidasi koʻra oʻyin durang yakunlansa toʻgʻridan toʻgʻri penaltilar seriyasi amalga oshirildi. Penaltilar seriyasida Nasaf jamoasi 4-3 hisobida gʻalab qozondi[3] va oʻz tarixida 3 bor Oʻzbekiston Superkubogida chempionga aylandi[4].
Turnir | Oʻzbekiston Superkubogi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Asosiy bolimlar yakunlangan qoida boyicha qoʻshimcha bolimlar oʻtkazilmadi va Nasaf klubi penaltilarda 4-3 hisobida gʻalaba qozondi. | |||||||
Sana | 2024-yil 29-avgust | ||||||
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Bunyodkor stadioni, Toshkent | ||||||
Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi |
Abduvohid Neʼmatov (Nasaf) | ||||||
Hakam | Aziz Asimov (Oʻzbekiston) | ||||||
Ob-havo |
Bulutli 25 °C (77 °F) 45% namlik | ||||||
← 2023 2025 → |