From Wikipedia, the free encyclopedia
„Feded“ (tarjimasi „"Xiralashgan"“) – Alan Walkerning qoʻshigʻi. „Faded“ singli norvegiyalik qoʻshiqchi Iselin Solheim tomonidan taqdim etilgan va ingliz-norveg produseri va vokal ijrochisi Alan Walker tomonidan ijro etilgan. „Faded“ qoʻshigʻi dastlab 2015-yil 25-noyabrda chiqarilishi kerak edi, biroq u 3-dekabrda omma eʼtiboriga havola qilingan. „Faded“ singli Alan Walker uchun xitga aylangan qoʻshiqlardan biriga aylandi. Qoʻshiq juda koʻplab mamlakatlar chartida birinchi oʻrinni egalladi. 2022-yil aprel holatiga koʻra, „Faded“ singli YouTubeda eng koʻp koʻrilgan videolar roʻyxatida 21-oʻrinni egalladi. Qoʻshiq You Tubeda 3,3 milliarddan ortiq koʻrilgan[1]. „Faded“ qoʻshigʻi, shuningdek, 2022-yil aprel holatiga koʻra Spotifyda 1,5 milliarddan ortiq oqim bilan eng koʻp tinglangan qoʻshiqlar roʻyxatida 48-oʻrinni egalladi.
„Faded“ | ||||
---|---|---|---|---|
Andoza:Angle bracket | ||||
Alan Walker singli | ||||
„Different World“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2015 3-dekabr | |||
Yozib olingan | 2015-yil | |||
Janr | Elektro bass | |||
Davomiyligi | 3:32 | |||
Leybl | Mer Musikk | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Alan Walker singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"Faded" YouTubeda |
Walker 2016-yil 27-fevralda Oslodagi sport musobaqasida „Faded“ qoʻshigʻining jonli ijrosini debyut qildi[2]. Walker ijrosidagi qoʻshiq Norvegiya televideniyesi orqali jonli efirda namoyish etildi.
"Faded" qoʻshigʻi Walkerning 2014-yilda „NoCopyrightSounds“ rekord yorligʻi orqali chiqarilgan „Fade“ nomli eski kompozitsiyasining yangilangan versiyasi hisoblanadi. Walker qoʻshiqni yaratishda musiqiy produser Ahrixning 2013-yildagi „Nova“ trekidagi ovozidan ilhomlangan. Intervyuda Walker shunday dedi: "Ohanglar va trekning borishi juda noyob narsa va bu meni „Fade“ ni yaratishga ilhomlantirdi, keyinchalik u „Faded“ ga aylandi"[3][4]. „Ohang qayerdan kelganini bilmayman, lekin men oʻzimning his-tuygʻularim men yaratgan kuylarimga katta taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyishga harakat qilaman.“[5].
„Faded“ qoʻshigʻining tuzilishi va ohangi „Fade“ bilan deyarli bir xil boʻlsa-da, „Faded“ qoʻshigʻi pianino introsi va autrosi bilan „Fade“ qoʻshigʻidan sezilarli darajada farq qiladi[6].
„Faded“ qoʻshigʻi chiqarilgandan soʻng, butun dunyo boʻylab juda koʻp miqdorda sotildi. Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi Norvegiyaning „VG-lista“ chartida, Finlandiyaning „The Official Finnish“ chartida va Shvetsiyaning „Sverigetopplistan“ chartlarida birinchi oʻrinni egalladi va Daniyaning „Hitlisten“ singl chartida birinchi uchlikka kirdi. Qoʻshiq oʻndan ortiq mamlakatlarda birinchi oʻrinni egalladi va 25 dan ortiq mamlakatlarda kuchli beshlikka kirdi.
Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Malayziya, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Shveysariya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar kabi turli mamlakatlarda chartlariga kiritilgan. Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi 2016-yil fevral oyida Shazamning „Worldwide Top 100 Popular Songs“ roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi va 2016-yil martiga kelib dunyodagi eng koʻp Shazam orqali izlangan qoʻshiqqa aylandi[7].
„Faded“ qoʻshigʻining YouTubedagi musiqiy videosi 2017-yilning 26-martida 1 milliard marotaba koʻrilgan. Hozirgi kungacha „Faded“ qoʻshigʻining videosi 3 milliarddan ortiq koʻrildi va u eng koʻp koʻrilgan YouTube videolari roʻyxatida 19-oʻrinni egalladi. Shuningdek, „Faded“ qoʻshigʻi (24 milliondan ortiq layk bilan) „eng koʻp layk toʻplagan YouTube videolari“ roʻyxatida 7-oʻrinni egalladi.
Bir nechta qoʻshiqchilar „Faded“ qoʻshigʻini jonli ijro etishdi: Iselin Solheim qoshiq matning asl vokalisti, Ingrid Helene Havik (Highasakite vokalisti), Tove Styrke, Alexandra Rotan, Angelina Jordan, Zara Larsson va Torine Michelle[8]. 2017-yilning 4-noyabrida Alan Walker Pekinda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi „League of Legends“ jahon chempionatining yopilish marosimida „Against the Current“ guruhi bilan „Faded“ qoʻshigʻini jonli ijroda ijro etdi[9].
„Faded“ qoʻshigʻining musiqiy videosida Shahab Solehi[10] bosh qahramon rolini oʻynagan[11]. „Faded“ qoʻshigʻining musiqiy videosi Bror Bror tomonidan ishlab chiqarilgan va tahrirlangan.
2021-yil 24-sentyabrda YouTubeda PUBG Mobile (PlayerUnknownʼs Battlegrounds) mobil oʻyini bilan hamkorlikda K-391 va Boy in Space ishtirokida „Paradise“ nomli yangi musiqiy video chiqdi[12]. Ushbu musiqiy video „Faded“ musiqiy videosi bilan bir xil vaqtda chiqarilgan.
„Faded“ qoʻshigʻi koʻpgina mamlakatlar chartlarida (10 dan ortiq) birinchi oʻringa chiqdi.
Chart (2016-2018) | Oʻrin |
---|---|
Argentina (Monitor Latino)[13] | 8 |
Avstraliya (ARIA)[14] | 2 |
Avstriya (Ö3 Austria Top 40)[15] | 1 |
Belgiya (Ultratop 50 Flanders)[16] | 2 |
Belgiya (Ultratop 50 Wallonia)[17] | 1 |
Yaponiya (Japan Hot 100)[18] | 33 |
Kanada (Canadian Hot 100)[19] | 32 |
MDH (Tophit)[20] | 1 |
Chexiya (Singles Digitál Top 100)[21] | 1 |
Daniya (Tracklisten)[22] | 3 |
Ekvador (National-Report)[23] | 3 |
Finlandiya (Suomen virallinen lista)[24] | 1 |
Fransiya (SNEP)[25] | 1 |
Germaniya (Official German Charts)[26] | 1 |
Vengriya (Dance Top 40)[27] | 1 |
Vengriya (Rádiós Top 40)[28] | 5 |
Vengriya (Single Top 40)[29] | 1 |
Irlandiya (IRMA)[30] | 6 |
Isroil (Media Forest)[31] | 8 |
Italiya (FIMI)[32] | 1 |
Latviya (Latvijas Top 40)[33] | 1 |
Livan (Lebanese Top 20)[34] | 3 |
Niderlandiya (Dutch Top 40)[35] | 2 |
Niderlandiya (Single Top 100)[36] | 2 |
Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ)[37] | 2 |
Norvegiya (VG-lista)[38] | 1 |
Polsha (Polish Airplay Top 100)[39] | 1 |
Polsha (Video Chart)[40] | 1 |
Portugal Digital Songs (Billboard)[41] | 1 |
Ruminiya (Romania TV Airplay)[42] | 1 |
Rossiya (Russia Airplay)[43] | 1 |
Serbiya (Radiomonitor)[44] | 1 |
Slovakiya (Singles Digitál Top 100)[45] | 1 |
Sloveniya (SloTop50)[46] | 3 |
Janubiy Afrika Respublikasi (EMA)[47] | 3 |
Ispaniya (PROMUSICAE)[48] | 1 |
Shvetsiya (Sverigetopplistan)[49] | 1 |
Shveysariya (Schweizer Hitparade)[50] | 1 |
Shveysariya (Media Control Romandy)[51] | 1 |
Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[52] | 7 |
AQSh (Billboard Hot 100)[53] | 80 |
AQSh (Dance Club Songs)[54] | 4 |
AQSh (Hot Dance/Electronic Songs)[55] | 7 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.