![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/f/f0/FIFA_U-20_Jahon_chempionati_2013_logosi.svg/languz-640px-FIFA_U-20_Jahon_chempionati_2013_logosi.svg.png&w=640&q=50)
FIFA U-20 Jahon chempionati 2013
From Wikipedia, the free encyclopedia
FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 — Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati bahslari ilk bor oʻtkazilgan 1977-yildan beri 19-marotaba oʻtkazilayotgan FIFA U-20 Jahon chempionatidir. 2011-yilning 3-mart kuni Syurixda boʻlib oʻtgan FIFA Ijroqoʻmi Yigʻilishida Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Oʻzbekiston nomzodlaridan ustun kelib, FIFA U-20 Jahon chempionati mezboni sifatida tanlandi.[1] Oʻz zayavkasida Turkiya musobaqani 10 shahardagi 13 stadionda oʻtkaza olishini koʻrsatgan,[2] 2012-yilning fevral oyida faqat 7 shahardagi stadionlar musobaqaga mezbonlik qilishi mumkinligini eʼlon qilgan edi.[3]
FIFA U-20 Dünya Kupası 2013 | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Turkiya |
Sana | 21-iyun - 13-iyul |
Jamoalar | 24 (6 ta konfederatsiyadans) |
Bellashuv joylari | 7 (7 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar |
![]() |
2-oʻrin |
![]() |
3-oʻrin |
![]() |
4-oʻrin |
![]() |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 52 |
Gollar soni | 152 (har oʻyinda oʻrtacha 2.92 ta) |
Muxlislar soni | 303 251 (har oʻyinda oʻrtacha 5 832 ta) |
Toʻpurar(lar) |
![]() (6 gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi |
![]() |
Eng yaxshi darvozabon |
![]() |
← 2011 2015 → |
Bu turnir birinchi marta tarixda oʻziga xos voqeasi bilan esda qoldi, sababi dunyoning eng omadli va kuchli 2 jamoasi Braziliya va Argentina jamoalari bu chempionatda ishtirok etolmadi. Shuningdek Braziliya yoshlar terma jamoasi 1979-yilgi chempionatda ham qatnashmagan edi.
Fransiya yoshlar terma jamoasi ushbu turnirda birinchi marotaba gʻolib boʻldi va Fransiya erkaklar oʻrtasidagi 5ta yirik (FIFA Jahon chempionati, FIFA Konfederatsiyalar kubogi, FIFA U-20 Jahon chempionati, FIFA U-17 Jahon chempionati va Yozgi olimpiada oʻyinlari futboli) futbol musobaqalarida oltin medallarga sazovar boʻldi.[4][5]