FIFA Konfederatsiyalar kubogi
From Wikipedia, the free encyclopedia
FIFA Konfederatsiyalar kubogi FIFA tomonidan har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan erkaklar terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqasi hisoblanadi. Unda oltita qitʼa chempionlari (OFK, CAF, KONKAKAF, KONMEBOL, OFC va UEFA), shuningdek, amaldagi FIFA Jahon kubogi egasi va mezbon davlat ishtirok etadi.
2001 va 2017-yillar oraligʻida (2003-yil bundan mustasno) turnir keyingi yil jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatda boʻlib oʻtgan va bu yirik turnir uchun sinov vazifasini oʻtagan.
Oxirgi chempion Germaniya 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi finalida Chilini 1:0 hisobida magʻlub etib, birinchi chempionlikni qoʻlga kiritgandi.
2019-yil mart oyida FIFA turnir endi oʻtkazilmasligini tasdiqladi, uning oʻrniga FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati hamda 2021-yilgi FIFA Arab kubogi 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oldidan oʻtkaziladigan boʻldi[1][2].