From Wikipedia, the free encyclopedia
Espen Bredesen — (1968-yil 2-fevralda tugʻilgan) norvegiyalik chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sobiq sportchi[1].
Jahon kubogi darajasida Espen 1994-yilda Lillexammerdagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritgan.
1992-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida u yomon koʻrsatgichlar bilan mavsumni, oddiy tepalikda oxirgi va katta tepalikda 59 tadan 57-oʻrinni egallab yakunlagan. Buning sababi sportchi bir oy oldin parallel texnikadan V uslubiga oʻtgan edi. Uning muvafaqqiyatsiz ishlashi unga britaniyalik changʻichi Eddi „Burgut“ Edvards asosida „Espen the Eagle“ laqabini bergan[2].
1993-yilda Falunda boʻlib oʻtgan Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida u jamoaviy katta tepalik va yakka tartibli katta tepalik musobaqalarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1993—1994-yilgi mavsumda u Toʻrt teplik turnirida gʻolib boʻlgan. 1994-yilda Lillexammerdagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritgan va 1994-yilda Planika shahrida boʻlib oʻtgan XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bredesen 209 metr (1994-yil) va 210 metrga (1997-yil) sakrash bilan changʻi uchish boʻyicha jahon rekordini ikki marta yangilagan.
Bredesen 1993-yilda Xolmenkollen changʻi festivalida changʻidan sakrash musobaqasida ham gʻolib boʻlgan. 1994-yilda Xolmenkollen medali bilan taqdirlangan (Ljubov Egorova va Vladimir Smirnov bilan birgalikda)[3].
Bredesen 1994-yilda Planikada 209 metr balandlikka sakrab oʻtgan birinchi jahon rekordidan keyin aytgan:
Shubhasiz, bu mening hayotim va faoliyatimdagi eng katta yutug'im. Bu jahon rekordi bilan hech narsani solishtirib bo'lmaydi. Olimpiada yoki jahon chempionatlaridagi oltin ham emas. Endi men qushlar havoda uchganda nimani his qilishlarini bilaman..
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.