![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ab/Emma_Watson_Circle_5.png/640px-Emma_Watson_Circle_5.png&w=640&q=50)
Emma Watson
ingliz aktrisasi, modeli va faoli / From Wikipedia, the free encyclopedia
Emma Charlotte Duerre Watson (talaffuzi: Emma Sharlotta Dyuerr Uotson; 1990-yil 15-aprelda tugʻilgan) ingliz aktrisasi va faolidir. U koʻplab blockbusterlar va mustaqil filmlarda jonlantirgan rollari, shuningdek, ayollar huquqlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari bilan shuhrat qozongan. 2015-yilda Time jurnali Watsonni dunyoning eng nufuzli 100 kishisidan biri deya eʼlon qildi. Forbes va Vanity Fair nashrlari esa uni dunyodagi eng yuqori maosh oladigan aktrisalar qatoriga joylashtirdi.[1][2][3]
Emma Watson | |
---|---|
![]() Watson 2017-yilda | |
Tavalludi |
Emma Charlotte Duerre Watson 15-aprel 1990-yil (1990-04-15) (34 yosh) Parij, Fransiya |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1999—hozirgacha |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
Parijda tugʻilgan va Oxfordshireda oʻsgan Watson dastlab Dragon Schoolda, keyin esa Stagecoach Theatre Artsning Oxforddagi filialida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan. Bolaligida u Harry Potter filmlarida Hermione Granger sifatida ilk professional rolini jonlantirganidan soʻng yulduzlik darajasiga koʻtarilgan boʻlib, ilgari faqat maktabda pyesalarida rollar oʻynagan. Watson 2007-yilda Ballet Shoes romani asosida suratga olingan telefilmida ham rol oʻynaydi hamda Desperoning sarguzashtlari (2008) multfilmidagi malika Pea personajiga ovoz beradi. Harry Potter film qismlarining final qismidagi rolidan soʻng, u My Week with Marilyn (2011) filmida ikkinchi darajali rolni, The Perks of Being a Wallflower (2012) filmida esa xushchaqchaq talaba rolini oʻynadi. Keyinchalik u Sofia Coppola tomonidan suratga olingan The Bling Ring (2013) filmida Alexis Neiers rolini hamda epik janrida suratga olingan Noah (2014) filmida titular qahramonning asrab olingan qizi rolini jonlantirganidan keyin yanada shuhrat qozondi. Oʻsha yili Watson BAFTAning Yilning eng yaxshi artisti nominatsiyasiga loyiq topildi. U, shuningdek, umumjahon boʻyicha eng kassabop filmlardan biri boʻlmish Sohibjamol va maxluq (2017) nomli musiqiy va romantik janridagi filmda Belle rolini hamda Little Women (2019) nomli drama janridagi filmda Meg March rolini gavdalantirgan.
2011-yildan 2014-yilgacha Watson oʻz vaqtini filmlar ustida ishlash hamda taʼlim olishni davom ettirishga sarfladi, jumladan 2014-yil may oyida Brown universitetining ingliz tili adabiyoti fakultenini tamomladi. Shu yili u BMT-ayollar Yaxshi niyat elchisi deb tayinlandi va gender tenglikni himoya qiluvchi BMT-ayollar kampaniyasi boʻlmish HeForSheni boshlashga koʻmaklashdi. 2018-yilda u taʼsischi oʻlaroq Time's Up UK tashkilotini ochishga koʻmaklashdi. Watson 2019-yilda Katta yettilikning ayollar huquqlari boʻyicha maslahat organiga tayinlangan, tashqi siyosat masalalari boʻyicha liderlar bilan maslahatlashgan. Uning modellashtirish ishlari Burberry va Lancôme uchun kampaniyalarni oʻz ichiga olgan. U, shuningdek, oʻz nomini People Tree barqaror brendining kiyik-kechak tarmogʻiga berdi. 2020-yilda u barqaror moda himoyachasi oʻlaroq hashamatli brendlar guruhi boʻlmish Kering direktorlar kengashiga qoʻshildi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f8/Emma_Watson_2%2C_2013.jpg/320px-Emma_Watson_2%2C_2013.jpg)