Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi (ruscha: Межгосударственный авиационный комитет (МАК)) MDH fuqarolar aviatsiyasini nazorat etuvchi tashkilotdir. Qoʻmita 1991-yili sobiq Sovet Ittifoqidagi 12 mamlakat vakillari bilan tuzilgan.[1] Shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan.[2]
Qisqa faktlar Turi, Sanoat ...
Turi | Xalqaro tashkilot |
---|---|
Sanoat | Fuqaro aviatsiyasi nazorati |
Ishga tushgan sanasi | 1991 |
Joylashuvi | Moskva, Rossiya |
Vebsayti | mak-iac.org |
Yopish
Qoʻmita aviahalokatlarni tahlil qiladi, sabablarini oʻrganadi.[3]
Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi aʼzolari – Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina.[4] Gurjiston ham qoʻmitaga aʼzo edi, hozirda esa tashkilotdan chiqib ketgan.[2]