Chuvashlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Chuvashlar (oʻzlarini chavash deb ataydilar) — xalq, Chuvashiyaning asosiy aholisi (907,6 ming kishi), shuningdek, Boshqirdiston, Tatariston, Ulyanovsk va Samara viloyatlari (RF) va boshqa yerlarda yashaydi. Rossiya Federatsiyasida jami — 1773,6 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Chuvash tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Ch. dehqonchilik, hunarmandchilik va asalarichilik bilan shugullanadi.
Chuvashlar Чăвашсем | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy aholi soni | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2 millionga yaqin | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tillar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Chuvash tili, Rus tili | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Dinlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Koʻpchiligi masihiylik diniga mansub | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qarindosh etnik guruhlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
boshqa Turkiy xalqlar |
Chuvashlar — turkiy xalqlar. Rossiya tarkibidagi Chuvashiston Respublikasining tub xalqi. 2002-yilgi sanoq boʻyicha Rossiyada 1 637 200 chuvashni tashkil qilgan, ularning 889 268 Chuvashistonda. Chuvashlar Boshqiristonda, Tataristonda, Samara, Ulyanovsk, Tyumen, Rostov, Volgagrad, Kemerova, Orenburg, Moskva shaharlarida istiqomat qilishadi. Jahonda 1 800 000-dan ziyod chuvash bor. Qolgan chuvashlarning koʻpchiligi Ukraina, Qozog'iston va Estoniyada istiqomat qilishadi.
Chuvashlar Chuvashistonda aholining 67 % tashkil qiladi.
Chuvash xalqining nomlanishi Bulgʻorlarning suvar yoki suvaz qabila ittifoqining nomidan paydo boʻlgan boʻlib hisoblanadi. Ular savirlardan chiqqani haqida maʼlumot bor.
Hozirgi kunda chuvashlarning orasida pravoslav xristianlar, musulmonlar bor.