Chuck Palahniuk
From Wikipedia, the free encyclopedia
Charles Michael «Chuck» Palahniuk (Chak Palа́nik) — 1962-yil 21 fevralda tugʻilgan. Zamonaviy amerikalik yozuvchi, jurnalist. "Jang klubi" kitobi muallifi boʻlib mashhur. 1999-yilda bu kitob boʻyicha film suratga olingan. Ayrim paytlar uni "kontrmadaniyat qiroli" deb atashadi.
Chuck Palahniuk | |
---|---|
Asl ismi | Charles Michael "Chuck" Palahniuk |
Tavalludi | 21-fevral 1962-yil (1962-02-21) (62 yosh) |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] |
Fuqaroligi | AQSh |
Shoh asari | "Jang klubi" (1996) |
Uning familiyasining talaffuzi haqida: bir kuni, boʻlajak adabiyotchi hali bola boʻlgan paytda, ota-onasi uni va kichik singlisini buva va buvisini qabrini koʻrsatish uchun qabristonga olib borishadi. Bolalar qabr ustunidagi ajdodlarining ismi - Paula va Nick'ni koʻrib, qiziqib ketishadi va oʻshandan buyon oʻz familiyalari - Palahniuk'ni xuddi shunday tarzda: "Pola-Nik" deb talaffuz qila boshlaydilar. (Bu shuningdek, familiyaning rus yozuvida aksini topdi: birinchi nashriyotchilarning hohishiga binoan biz Palanik muallifining kitoblarini oʻqiymiz, toʻgʻri talaffuz esa - Palagnyukdir).