Chorvoq GES
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qisqa faktlar Mamlakat, Joylashuvi ...
Chorvoq GES (GES-6) | |
---|---|
Charvak Dam.jpg, Chorvoq Staumauer.JPG | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Joylashuvi | Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq |
Daryo | Chirchiq |
Kaskad | Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti |
Egasi | Oʻzbekenergo |
Boshqaruvchisi | „Oʻzbekgidroenergo“ AJ |
Maqomi | Amalda |
Qurilishi boshlangan yil | 1963 |
Agregatlar ishga tushgan yillar | 1970, 1972 |
Asosiy tavsifi | |
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi | 2 165 |
Elektrostansiya turi | toʻgʻonli |
Qisman kuchlanish | 148 |
Elektr quvvati, MVt | 666[1][2] |
Uskunalar tavsifi | |
Turbinalar soni va rusumi | radial-oʻqli trubina (4×РО-170/638а-ВМ-410) |
Turbinalardan chiqish, m³/s | 4×147 |
Elektr generatorlar | 4×СВ-850/235-32 |
Generatorlar quvvati , megavatt | 3×168, 1×162 |
Asosiy inshoot | |
Toʻgʻon turi | tuproqli tosh bilan toʻldirilgan |
Toʻgʻon balandligi, m | 168 |
Shlyuz | mavjud emas |
Taqsimlovchi qurilma | 220 kV |
Xarita | |
Yopish
Chorvoq GES (GES-6) – Chirchiq daryosida, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Xoʻjakent qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. GESda umumiy quvvati 620,5 MVt boʻlgan 4 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1963-yilda boshlangan. 1970-yil 1-dekabrda quvvati 150 MVt boʻlgan radial turbinali 1-gidroagregat, 1972-yilda oxirgi – 4-gidroagregati ishga tushirilgan. GESdan 220 kV li uzatish liniyalari orqali sanoat korxonalari elektr quvvati bilan taʼminlanadi. Oʻrta Osiyo „Energiya“ birlashgan energetika tizimiga ulangan. 2003-yilda 2470,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan[3]. Stansiyaga davlat nomidan „Oʻzbekgidroenergo“ AJ egalik qiladi.