From Wikipedia, the free encyclopedia
Mohamed Khelifati (arabcha: محمد خليفاتي, Muḥammad Khalīfātī; 1966-yil 11-iyulda tugʻilgan) – Cheb Mami (arabcha: شاب مامي, shābb māmī) nomi bilan tanilgan jazoirlik musiqachi va qoʻshiqchi. U arab tilida, baʼzan esa fransuz yoki Sharqiy arab lahjalarida qoʻshiq aytadi. Xalqaro miqiyosda u 1999-yilda taqdim etilgan Stingning „Desert Rose“ singlidagi vokali orqali tanilgan.
Cheb Mami Jazoirning Graba-el-wed shahrida tugʻilgan. Vahrondan 170 kilometr janubda boʻlgan ushbu shahar Jazoirning shimoli-gʻarbiy hududida joylashgan[2].
1985-yilda Cheb Mami Parijga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik u Jazoirda ikki yil harbiy xizmatni oʻtab, armiya bazalarida ishlagan. 1989-yil may oyida Parijga qaytib kelgan. U AQSh, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya, Ispaniya, Skandinaviya va Angliya boʻylab gastrollarda boʻlgan.
Cheb Mami musiqasi Oʻrta yer dengizi va Gʻarb taʼsiri, jumladan turk, flamenko va yunon musiqalari, shuningdek, lotin musiqasi aralashmasidan hosil boʻlgan. Uning ovozi Andalusiya aksentlari bilan ajralib turadi hamda uning musiqasi ham anʼanaviy va zamonaviy qoʻshiq uslublarining uygʻunligidan hosil boʻlgan.
1999-yilda Stingning „Brand New Day“ albomi chiqarilganda, juftlikning „Desert Rose“ dueti butun dunyo chartlarida yuqori oʻrinlarni egallay boshlagan va Saturday Night Live, The Today Show, Jey Leno, David Letterman va Grammy mukofotlari translyatsiyasilarida jonli ijroda kuylangan[3].
2015-yil iyul oyida Cheb Mami oʻz matnlarini plagiat qilgani uchun Cheb Rabahga 200 ming yevro tovon toʻlashi kerak edi. Koʻrib chiqilayotgan qoʻshiqlarga esa „Le raï cʼest chic“, „Madanite“, „Ma vie deux fois“ va „Gualbi Gualbi“ kabi taronalari kirar edi[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.