Chayon zarbasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
„Chayon zarbasi“ (inglizcha: scorpion kick, reverse bicycle kick, back hammer kick, ispancha: El escorpión) — darvozabon yoki futbolchi tomonidan sakragan holatda toʻpga tovoni bilan zarba berish usuli. Zarba ijrosi koʻrinish jihatidan oʻz oʻljasiga hujum qilayotgan chayonni eslatganligi sababli shunday nomlangan[1]. Kolumbiyalik darvozabon Rene Higuita futboldagi ushbu texnikaning muallifi va ilk ijrochisi hisoblanadi[2]. Uchrashuvdan soʻng, darvozabon tavakkal qilgani uchun jamoadoshlaridan uzr soʻragan va jurnalistlarga bergan intervyusi davomida shunday degan: „Bu zarbani majburlikdan ijro etganman, o‘zimni ko‘rsatish uchunmas. Agar qo‘lim bilan ushlashga intilganimda gol o‘tazishim mumkin edi“[3][4]. „Chayon zarbasi“ televideniyeda qayta-qayta efirga uzatildi, matbuotda ushbu zarba haqida maqolalar chop etildi[5].
Tashqi videofayllar | |
---|---|
Higuita ijrosida chayon zarbasi (1995). | |
Keylor Navas ijrosida chayon zarbasi (mashʻulotda). | |
Olivier Giroud ijrosida chayon zarbasi (2017). |