Jose Rene Higuita Zapata (ispancha: José René Higuita Zapata)-kolumbiyalik futbolchi, darvozabon.1966-yil 27-avgustda Kolumbiyaning Medelin shahrida tugʻilgan.Milliy terma jamoa futbolchisi (1987—1999).1990-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.Klublar va terma jamoalarda jarima zarbalari va penaltilar ijrochisi."Chayon zarbasi" ixtirochisi.Faoliyatida qirqdan ortiq gol urgan.

Tarjimai holi

"Millonarios"

Higuita „Atletiko Nacional“ klubining asosiy jamoasiga kira olmagani uchun u klubni tark etishga va „Milonarios“ga oʻtishga majbur boʻldi.U yerda u jarima zarbalarini bajardi va bir mavsumda beshta gol urdi.

"Atletiko Nasional"

Higuita oʻzini eʼlon qilganida bosh murabbiy Fransisko Maturana vakili boʻlgan „Atletiko Nasional“ klubi rahbariyati uni oʻz safiga qaytarishga qaror qildi.Higuita futbolchilik faoliyatining bir qismini aynan „Atletiko Nasional“da oʻtkazdi.

„Atletiko Naisional“ Higuitaning saʼy-harakatlari tufayli bir necha bor Kolumbiya ligasi chempionligi, Libertadores kubogi va Amerikalararo kubogi yutib olishga muvaffaq boʻldi.1985-yilda esa Higuita birinchi marta Kolumbiya yoshlar terma jamoasiga Janubiy Amerika kubogi va jahon chempionatida qatnashish uchun chaqirilgan.

Xalqaro faoliyat

Higuita 1987-yildan 1999-yilgacha Kolumbiya terma jamoasi azosi boʻlgan.Umuman olganda 12 yil davomida u 68 ta xalqaro oʻyinda qatnashib, shu vaqt ichida 3 ta gol urdi.

Shaxsiy hayoti

Jose Higuita uylangan.Uning hozirgi rafiqasi Magnoliya bilan Andres va Pamela ismli ikki farzandi bor.Josening oldingi turmushidan ham farzandi bor-qizi Sindi Karolina bor.

1993-yilda Higuita bolani oʻgʻirlashdagi roli uchun hibsga olingan.Jose ikki narkobaron-Pablo Eskobar va Karlos Molina oʻrtasida vositachi ham boʻlgan.

Higuita ham qamoqda ham boʻlgan.U yerda 7 oy oʻtirdi. Keyinroq u hech qanday ayblovlarsiz qoʻyib yuborilgan. Jose qamoqda boʻlganida 1994-yilgi Jahon chempionatini oʻtkazib yubordi.

2005-yilda Higuita realiti-shouda ishtirok etdi.Oʻsha yili sportchi plastik jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi.

Yutuqlari

Shaxsiy

  • Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi-1990
  • "El Pais" talqini bo'yicha Janubiy Amerikaning uchinchi futbolchisi-1989,1990
  • IFFHS XX-asrning eng yaxshi Janubiy Amerika darvozabonlari roʻyxatida 8-oʻrin
  • Darvozabonlar oʻrtasidagi oʻyin koʻrsatkichlari boʻyicha 3-oʻrin-41 gol (Rojerio Seni va Xose Luis Chilavertdan keyin).

Jamoaviy

Oʻyin uslubi

Higuitaning oʻziga xos oʻyin uslubi bor edi.U juda eksantrik tarzda oʻynadi.Koʻpincha futbolchi gol urish uchun juda koʻp tavakkal qildi.Higuita penaltilarni ham juda yaxshi bajarardi. Shuningdek golli hujumlarni amalga oshirishni ham bilardi. Baʼzida u jarima zarbalarini ham amalga oshirdi.

1990-yilda jahon chempionatida Higuitaning harakatlari Kolumbiyaga chorak final yoʻllanmasini berdi.Darvozabon toʻpni jarima maydonchasi tashqarisiga olib chiqdi va kamerunlik hujumchi Rojer Millani aylanib oʻtishga harakat qildi, u toʻpni Higuitadan olib qoʻyishga muvaffaq boʻldi va himoyasiz darvozaga zarba berdi.Aynan mana shunday beparvolik tufayli Higuitaga „Majnun“ laqabini keltirdi.

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.