From Wikipedia, the free encyclopedia
Bugi tili — bugilar tili. Sulavesi orolning jan.gʻarbida, bundan tashqari Indoneziyaning asosan bugilar istiqomat qiladigan boshqa hududlarida tarqalgan. Bugi tili da soʻzlovchilar umumiy soni taxminan 5 mln.ga yaqin. Bugi tili makkasara tili va Sulavesi orol markaziy qismidagi dialektlar bilan indonez tillari guruhiga kiradi. 17-asrgacha boʻlgan Bugi tili dagi yozuv yodgorliklari maʼlum emas. Hozirgi yozuvi lotin alifbosida.
Bugi tili | |
---|---|
Milliy nomi | Basa Ugi / ᨅᨔ ᨕᨘᨁᨗ |
Mamlakatlar | Indoneziya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | (Soʻzlashuvchilarning umumiy soni) |
Holati | 5 mln |
Turkumlanishi | |
Turkum | Avstronez |
Alifbosi | lontara va lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | bug |
ISO 639-3 | bug |
Bugi tili dagi adabiyot 17—19-asrlarda Indoneziyadagi eng boy adabiyot hisoblanadi. Shu davrlarda bu tilda koʻpgina doston (mas, "La Taligo" va boshqalar), tarixiy hikoyalar va poemalar, knyazliklar tarixi, huquqiy, liniy asarlar yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodi ham rangbarang. Bugi tili kam oʻrganilgan. Asosiy tadqiqot ishlari 19-asr 60—80- yillarida olib borilgan, asosan, gollandiyalik muhojir B. F. Mattesu tomonidan oʻrganilgan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.