Budapesht
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Budapesht (mojarcha Budapest) — Vengriyaning (Mojaristong) eng katta shahri va poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻrta Dunay pasttekisligida, Dunay daryosining har ikki sohilida joylashgan. Mamlakatning 20 foiz aholisi Budapeshtda yashaydi.[1] Buda, Obuda va Pesht shaharlari 1873-yil birlashib oʻsha paytda endigina mustaqil boʻlgan Mojaristoning poytaxti qilib belgilangan. Mojaristonliklar Budapeshtni „Pesht“ deb atashadi.
Budapesht | |
---|---|
Yuqori chap bucrchakdan oʻngga: Shaharning Dunay daryosi bilan koʻrinishi, Széchenyi koʻprigining qorovul sherlaridan biri, Qahramonlar Maydoni, Mojariston Parlamenti binosi, Baliqchi Bastioni, Muqaddas Stefan Bazilikasi va shaharning Gellert tepaligidan koʻrinishi (chapda Buda Saroyi) | |
47°29′54″N 19°2′27″E | |
Mamlakat | Budapesht |
Hukumat | |
Maydon | 52,516 km2 (20,277 kv mi) |
|
Budapesht 1872-yilda Buda, Obuda va Pesht shaharlarining birlashishidan paydo boʻlgan. Manbalarda Buda va Pesht 1148-yildan tilga olinadi. Qadimdan bu yerlarga keltlar joylashgan. Budapesht 1-4-asrlarda Rimga qaram boʻlgan. Mojarlar kelgan paytda (taxminan 895-yil) Peshtda slavyan qishloqlari bor edi. 11-13-asrlarda Pesht muhim savdo markazi boʻlgan. 1241-yilda moʻgʻul-tatar bosqinchilari Buda, Obuda va Peshtni vayron qildilar. 1350-yildan boshlab Buda mojarlar qirollarining doimiy qarorgohi boʻlgan. Budapesht 1541-1686-yillari turklar tasarrufida boʻlgan. 18-asr boshida har uch shahar gabsburglarga oʻtdi. Buda va Pesht 1848-1849-yillarda Vengriyada boʻlib oʻtgan xalq gʻalayonlarining muhim markazlaridan boʻlgan. Avstriya-Vengriya tashkil etilganidan soʻng (1867) Budapesht Vengriyaning poytaxti qilib belgilangan. 1944-yil martda nemis qoʻshinlari Budapeshtni bosib oldi. 1945-yil 13-fevralda shahar ulardan ozod qilindi.
Budapeshtda kommunizmda mamlakat sanoat mahsulotining yarmiga yaqini ishlab chiqarilgan. Oʻsha paytlarda Budapesht sanoatining asosiy tarmogʻi mashinasozlik boʻlgan. Shaharda transport va elektrotexnika mashinalari, stanoksozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari va asboblari ham keng miqyosda ishlab chiqarilgan. 1990-yillarda boshlangan siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlargacha „Ikarus“ avtobuslari keng miqyosda chiqarilgan. Yana toʻqimachilik (asosan ip gazlama), kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati ham yaxshi rivojlangan boʻlgan.
Hozirgi kunda Budapeshtda deyarli barcha tur sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bugungi kunda kommunikatsiya mahsulotlari, komputer moslamalari, ekeltrik mashinalar, lampalar (General Electric) chiqariladi.
Sanoat zavodlari shaharning chetida joylashgan. Markazda boʻlsa asosan xizmat koʻrsatish korxonalari va moliya muassasalari joylashgan. Shaharda joylashgan muhim mahalliy va xalqaro korxonalar qatoriga Hungarian Telekom, General Electric, Vodafone, Telenor, Erste Bank, CIB Bank, K&H Bank&Insurance, UniCredit, Budapest Bank, Generali Providencia Insurance, ING, Aegon Insurance, Allianzlarni kiritish mumkin. Budapeshtda yana Volvo Co., Saab, Ford, GE, IBM, TATA Consultancy Services Limited kabi kompaniyalarning hudidiy boʻlimlari bor.
Mojariston Fanlar Akademiyasiga 1825-yil asos solingan. Shaharda politexnika, pedagogika, tibbiyot insitutlari, siyosiy, iqtisod va qishloq xoʻjaligi universitetlari, koʻplab teatr (jumladan 1840-yildan beri ishlayotgan Milliy teatr), Milliy muzey (1802) va boshqa muzeylar, kutubxonalar, metropoliten bor. Budapeshtda 1991-yil Markaziy Yevropa Universiteti ochilgan. Hozirgi kunda bu universitetda dunyoning koʻplagan mamlakatlaridan talabalar kelib tahsil olishadi.
Dunay daryosining past, soʻl sohilidagi Pesht va baland oʻng sohilidagi Buda shaharlari panjarador koʻpriklar orqali bogʻlangan. Peshtda Budapeshtning eng yirik ilmiy, madaniy muassasalari, meʼmoriy ansambllari joylashgan. U yerda keng koʻchalar, zamonaviy binolar koʻp. Budapeshtning tarixiy yadrosi boʻlmish — Budada rimliklar qarorgohi boʻlgan Akvink harobalari (1-4-asrlar), gotika cherkovi (13-15-asrlar), qirol saroyi (13-18-asrlar) va boshqa obidalar saqlangan.[2]
Budapeshtdan xalqaro temir yoʻl magistrallari, yirik avtomobil, suv va havo yoʻllari oʻtgan. Budapeshtda Dunay boʻyida yirik port bor. Shaharning asosiy aeroporti Budapest Liszt Ferenc Xalqaro Aeroportidir.
Budapeshtning iqlimi moʻtadil. Bahor odatda aprel oyida keladi. Iyul oyida harorat oʻrtacha 22 °C. Qishda havo nam va kunlar bulutli boʻladi. Yanvar oyida oʻrtacha harorat 2 °C.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.