From Wikipedia, the free encyclopedia
Dunay (rum. Dunărea, moj. Duna, olm. Donau, serb. Дунав, slovak Dunaj, bulgʻ. Дунав, Dunav, ukr. Дунай, lot. Danubius, Danuvius, qad. yun. Ἴστρος) — Yevropadagi daryo, uz. jihatidan Volgadan keyin 2-oʻrinda. Uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817 ming km².Germaniya, Avstriya, Slovakiya, Mojariston, Xorvatiya, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, Moldova va Ukraina Boshlanish joyi quyilish joyidan 678 m baland. Shvarsvald togʻlarining (Germaniya) sharqiy yon bagʻridan boshlanib Qora dengizga katta delta hosil qilib quyiladi. Germaniya, Avstriya, Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya, Serbiya, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina hududlaridan oqib oʻtadi. Dunay oqish tavsifiga koʻra yuqori, oʻrta va quyi Dunayga boʻlinadi. Yuqori Dunay (Vena shahrigacha) — togʻ daryosi, chuqur va tor vodiydan oqadi. Oʻzanining kengligi 350 m gacha. Oʻrta Dunay (Venadan Temir Darvoza tangisigacha) Oʻrta Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysi keng (5–20 km). Togʻ va tepalarni kesib oʻtgan joylarda tangilar (Vengriya Darvozasi, Vishegrad yoʻlagi, Temir Darvoza va boshqalar) hosil qilgan. Bu joylarda oʻzani 150 m gacha torayib, chuq. 20–70 m ga yetadi. Dunayning Serbiya-Ruminiya chegarasi boʻylab oʻtgan Jerdap deb ataluvchi 120 km uzunlikdagi vodiysi juda tor (0,6—1,5 km). Daryoning serostona va tezokar joylaridagi oʻzani kemalar harakatini ancha qi-yinlashtiradi. Quyi Dunay (Temir Darvo-zadan quyilishigacha) Quyi Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysining kengligi 7–20 km. Quyilish joyidan 80 km yuqorida deltasi (maydoni 3500 km²) boshlanadi. Delta qismida 3 ta asosiy tarmoqqa boʻlingan.
Dunayning rejimi murakkab: bahorda toʻlib oqadi, yoz va kuzda toshib, qishda suvi kamayadi. Oʻrtacha suv sarfi yuqori oqimida 420 m³/sek, oʻrta oqimida 1900 m³/sek, quyilish joyida 6430 m³/sek. Bir yilda keltirgan suvining oʻrtacha hajmi 203 km3. Dunay Qora dengizga yiliga 120 mln. t. oqiziq va mineral moddalar keltiradi. Kish so-vuq kelganda 1,5 oygacha muzlaydi. Dunayning 300 irmogʻi bor, shundan 34 tasida kema qatnaydi. Eng yirik irmoqlari: oʻngdan — Inn, Drava, Sava, Morava; chapdan — Morava, Tisa, Olt, Seret va Prut. Dunayning iqtisodiy ahamiyati katta. Daryodan transport qatnovi, gidroenergiya olish, sugʻorish, shahar va sanoat markazlarini suv bilan taʼminlashda foydalaniladi, baliq ovlanadi. 2 ta yirik GES (Ruminiya va Serbiya chegarasida), GESlar kaskadi (Avstriya va Germaniyada) bor. Deltasida qamishzor koʻp. Regensburg shahridan (Germaniya) boshlab Dunayda yil davomida kema qatnaydi. Dare boʻyida 100 dan ortik. port, shahar va pristan joylashgan. Eng yiriklari: Regensburg , Vena, Bratislava, Budapesht, Belgrad, Ruse, Galats, Izmail va boshqa
Dunay — xalqaro daryo. Dunayda kema katnash rejimi haqidagi 1948-yilda qabul qilingan konvensiyaga koʻra kemalar daryoda erkin suzish xuquqiga ega; Dunayboʻyi davlatlaridan boshqa davlatlarning harbiy kemalari qatnashi man etilgan; konvensiyaning bajarilishini nazorat qiluvchi Dunay komissiyasi (barcha Dunayboʻyi davlatlari aʼzo) tuzilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.