From Wikipedia, the free encyclopedia
Brugge (niderlandcha: Club Brugge Koninklijke Voetbalvereniging — „Royal Football Society Club Brugge“; niderlandcha talaffuzi: [klʏˈbrʏɣə ˌkoːnɪŋklekə ˈvudbɑlvəreːnəɣɪŋ]) — Belgiyaning Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi Brugge shahridagi professional futbol klubi hisoblanadi. 1891-yilda tashkil etilgan klub Belgiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi, shuningdek, milliy chempionatning ikki tan olingan gigantlaridan biri deb qaraladi. „Brugge“ Yevropaning eng nufuzli klub turniri — Yevrokubok finalida ishtirok etgan yagona Belgiya klubi (1978-yil).
Ushbu klubdan tashqari, Brugge shahrida yana bir futbol klubi mavjud boʻlib— unchalik katta boʻlmagan „Cercle Bruges“ nomi bilan atalgan. „Brugge“ milliy chempionatdagi birinchi gʻalabasini faqat 1919-1920-yillardagi mavsumda (Birinchi jahon urushidan keyingi birinchi chempionatda) qoʻlga kiritdi va bungacha klub besh marta Belgiya chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. Biroq, undan keyingi klub uchun oltin yillar faqat 50 yildan keyin keldi. 70-yillarning oʻrtalarida „Brugge“ni mashhur Ernst Xappel boshqargan, u ketma-ket 3 mavsum klubni chempionlikka olib chiqqan (1975-1976, 1976-1977, 1977-1978-yillar). Xuddi shu murabbiy qoʻl ostida klub oʻz tarixidagi eng muvaffaqiyatli Yevropadagi oʻyinlarni oʻtkazdi. Aynan oʻshanda „Brugge“ Chempionlar kubogi va UEFA kubogi finaliga qadar yetib borgandi, ammo muxlislarning hafsalasi pir boʻlib, har ikki safar ham bir raqib — „Liverpool“dan magʻlub boʻlishgan. Klub oʻzining keyingi tarixida har oʻn yilda 2-3 marta mamlakat chempioni va Belgiya kubogi sohibiga aylangan .
„Brugge“da uchta asosiy derbi mavjud boʻlib, bular „Anderlext“ klubi bilan oʻyinlar hisoblanadi. „Standard Club“ (Topper) bilan ikkinchi derbi. „Gent“ga qarshi uchinchi derbi („Flandriya“ derbisi). „Sercle Brugge“ga qarshi toʻrtinchi derbi („Brugge“ derbisi).
2021-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra. Manba: transfermarkt.com saytidagi futbolchilar roʻyxati
№ | Ism sharifi | Davlati | Oldingi jamoasi |
33 | Nik Shinton | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
22 | Simon Minole | Belgiya | Liverpul |
91 | Senne Lammers | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
2 | Eduard Sobol | Shaxtyor klubidan ijaraga | |
5 | Odilon Kossunu | Kot-d’Ivuar | Hammarbyu |
15 | Matey Mitrovich | Beshiktosh | |
17 | Simon Deli | Kot-d’Ivuar | Sparta |
18 | Federiko Rikka | Malaga | |
28 | Ignase van der Brempt | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
44 | Brendon Mexele | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
55 | Maksim de Kyoyper | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
72 | Noa Mbamba | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
77 | Klinton Mata | Sharlerua | |
3 | Eder Balanta | Bazel | |
20 | Xans Vanaken | Belgiya | Lokeren |
25 | Ryud Vormer | Niderlandiya | Feyenoord |
26 | Mats Rits | Belgiya | Mexelen |
90 | Sharl de Ketelare | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
97 | Tomas van den Keybus | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
7 | Amadu Sanya | Kayor Fut | |
16 | Sibe Sxreyvers | Belgiya | Genk |
21 | David Okereke | Spesiya | |
27 | Yussuf Badji | Kasa Sports | |
32 | Antonio Nusa | Stabek | |
Siril Ngonge | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi | |
Murabbiy | Filipp Kleman | Belgiya | Genk |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.