![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/13/Benedict_Cumberbatch_2011.png/640px-Benedict_Cumberbatch_2011.png&w=640&q=50)
Benedict Cumberbatch
Shuningdek "Marvel" kinostudiyasining filmlarida "Doctor Strenj" obrazi orqali ham mashhur hisoblanadi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Benedict Timothy Carlton Cumberbatch (1976-yil 19-iyulda tugʻilgan) — britaniyalik kino, televideniye, teatr va dublyaj aktyori. Britaniya imperiyasi ordeni sohibi. Marvel Kinomatografiya Koinoti filmlarida Doktor Strange rolini ijro etgan.
Benedict Cumberbatch | |
---|---|
![]() Cumberbatch 68-Venetsiya kinofestivalida, sentyabr 2011 | |
Tavalludi |
Benedict Timothy Carlton Cumberbatch 19-iyul 1976-yil (1976-07-19) (47 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 2000 — bugun |
Mukofotlari |
|
Uning eng eʼtiborli rollariga BBC kanalining Hawking dramasidagi Stephen Hawking (2004), BBC/PBS mahsuloti Sherlock serialidagi Sherlock Holmes, Star Trek Into Darkness filmidagi Khan Noonien Singh (2013), The Fifth Estate filmidagi Julian Assange (2013) kiradi. Cumberbatch 2014-yili chiqadigan The Imitation Game tarixiy drama filmida harbiy kriptograf va matematik Alan Turing rolini ijro etadi.[1]
U Olivier mukofoti, Akademiya(Oscar), toʻrtta BAFTA nomzodligi, ikkita Emmy nomzodligi va Oltin globus nomzodliklariga erishgan.
2013-yil sentyabrida Cumberbatch Yil artisti sifatida Britannia mukofotini oldi.[2][3]