ingliz nazariyotchi fizigi, kosmologi, yozuvchisi From Wikipedia, the free encyclopedia
Stephen William Hawking (talaffuzi: Stiven Uilyam Hoking; 8-yanvar 1942 — 14-mart 2018) ingliz nazariyotchi fizigi, kosmologi, yozuvchi va Kembrij universiteti Nazariy kosmologiya markazi tadqiqot direktori boʻlgan.[2][3] Ilmiy ishlari sirasiga Roger Penrose bilan birgalikda kashf etgan gravitatsiya singularligi teoremalari hamda qora tuynuk nurlanishi (Hawking nurlanishi) hodisasining matematik asosi (prognozi) kiradi. Hawking birinchi boʻlib kosmologiyani umumiy nisbiylik nazariyasi va kvant mexanika bilan izohlovchi nazariya qurishni taklif etdi. U kvant mexanikaning koʻp olamlar talqini tarafdori edi.[4][5]
Stephen Hawking | |
---|---|
Tavalludi |
8-yanvar 1942-yil Oksford |
Vafoti |
14-mart 2018-yil (76 yoshda) Kembrij |
Fuqaroligi | Buyuk Britaniya |
Sohasi | |
Taʼlimi |
Oksford universiteti Kembrij universiteti |
Akademik rahbarlari | Dennis Sciama[1] |
Mashhur ishlari |
|
Mukofotlari |
|
Vikiiqtibosda Stephen Hawkingga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bundan tashqari, Hawking Qirollik sanʼat jamiyati va Rim papasi fanlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan, Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti tomonidan Ozodlik medali bilan taqdirlangan. 2002-yilda BBC oʻtkazgan „100 eng buyuk britaniyalik“ soʻrovida 25-oʻrin olgan. 1979—2009-yillar orasida ilmiy-ommabop kitoblar yozgan. Ayniqsa uning „A Brief History of Time“ kitobi bir necha bor bestseller boʻlgan.
Hawking kam uchrovchi motor neyron kasalligi bilan ogʻrigan (bu kasallik biqin amiotrofik sklerozi va Lou Gehrig kasalligi nomlari bilan ham maʼlum), shu sababli umrining oxirigacha falaj yashadi.[6][7] Falajlik ortidan gapirish qobiliyatini yoʻqotgach, u faqatgina nutq sintezatori orqali aloqa qila olar edi. Hawking 2018-yil 14-martida 76 yoshda vafot etdi.[8][9]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.