Bazilika sardobasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bazilika sardobasi — (grekcha: Βασιλική Κινστέρνα, turkcha: Yerebatan Sarnıcı yoki Yerebatan Saray, „yer osti sardobasi“ yoki „yer osti saroyi“[1]) 526—527-yillarda shaharning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qurilgan yopiq suv ombori boʻlib, Turkiyaning Istanbul shahrida, yer ostida joylashgan.
Bazilika sardobasi | |
---|---|
![]() | |
![]() Bazilika sardobasining ichki qismi | |
Umumiy maʼlumot | |
Shahar | Istanbul |
Mamlakat | Turkiya |
Koordinatalar | 41°0′29″N 28°58′40″E |
Qurilishi boshlangan | VI asr |
Balandligi | |
Balandligi | 9 m |
Binoning ichki maydoni | 9.800 m2 |
https://www.yerebatan.com/ | |
Bazilika sardobasi |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/78/Constantinople_imperial_district.png/640px-Constantinople_imperial_district.png)
Tarixiy Sarayburnu yarimorolidagi Sofiya ibodatxonasidan 150 m janubi-gʻarbda, Soğukçeşme koʻchasida joylashgan sardoba VI asrda Vizantiya imperatori Yustinian I davrida qurilgan[2]. Suv tagidan koʻtarilgan koʻplab marmar ustunlar tufayli xalq orasida Yerebatan Sarayı (Bazilika saroyi) nomi bilan ham mashhur. Ilgari sardobaning yuqori qismida bazilika boʻlganligi sababli uni Bazilika sardobasi deb ham atashadi.
Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan qurilgan sardoba, ikki tepaligi orasidagi hududlarning suvga boʻlgan ehtiyojini qondiradigan Hadrianus suv yoʻllari bilan bogʻlangan. Istanbul Usmonlilar tomonidan zabt etilganidan keyin Sarayburnu va Bahçe Kapısı atrofida suv taqsimlanadigan joy vazifasini oʻtagan. Usmonlilar shaharda oʻz suv inshootlarini qurganlaridan keyin foydalanilmagan boʻlsa-da, xalq orasida bu joy muhim ahamiyat kasb etgan. Uning nomi saroy, koʻcha, vazir otxonasi va mahallalarga berilgan[3].
Bugungi kunda Bazilika sardobasidan muzey va tadbirlar oʻtkaziladigan joy sifatida foydalaniladi. Istanbul Büyükşehir hokimiyati shoʻba korxonalaridan boʻlgan Kültür A.Ş. tomonidan boshqariladi.