![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4a/Aya_sofya.jpg/640px-Aya_sofya.jpg&w=640&q=50)
Sofiya ibodatxonasi
Ayasofya / From Wikipedia, the free encyclopedia
Sofiya ibodatxonasi (qadimgi yunoncha: Ἁγία Σοφία; lotincha: Sancta Sapientia; turkcha: Ayasofya), bugungi kundagi rasmiy nomi: Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi (turkcha: Ayasofya-i Kebir Cami-i Şerifi)[1] — Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik. Vizantiya meʼmorligining buyuk mahobatli yodgorligi (532–537). Ibodatxona eramizning 360-yilidan 1453-yilgacha Usmonlilar imperiyasi tomonidan Konstantinopol zabt etigunga qadar yunon pravoslav cherkovi boʻlgan. 1935-yilgacha masjid vazifasini bajarib, muzeyga aylangan. 2020-yilda qayta masjid boʻlib ochildi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4a/Aya_sofya.jpg/640px-Aya_sofya.jpg)
Meʼmorlari trallik Anfimiy va miletlik Isidor. Sofiya ibodatxonasi tarhi 3 neflk gumbazli bazilika shaklida boʻlib, yon neflari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimon. Oʻrta nefi keng va baland, tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Ibodatxona uzunligi 77 m, gumbaz diametri 31,5 m. Gumbazi 4 ustunga hamda bagʻalidagi ravoqlarga tayangan. Gumbaz asosiga 40 ta deraza ishlangan. Interyerida order tizimi (kolonnada, ravoq va boshqalar) dan foydalanilgan. Rangli marmar va koshinlar bilan serhasham bezatilgan. 6-asrda vayron boʻlgan gumbazi 1374-yilda kichik hajmda qayta tiklangan. 4 tomoniga nayzasimon minora ishlangan (16-18-asrlar).