![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7a/Flag_of_Basij.svg/languz-640px-Flag_of_Basij.svg.png&w=640&q=50)
Basij
From Wikipedia, the free encyclopedia
Basij ( forscha: بسيج , oʻzbekcha: "Safarbarlik"), Niru-ye Moghāvemat-e Basij forscha: نیروی مقاومت بسیج , oʻzbekcha: "Qarshilik safarbar etish kuchlari"), toʻliq nomi Sâzmân-e Basij-e Mostaz'afin ( forscha: سازمان بسیج مستضعفین , oʻzbekcha: "Mazlumlarni safarbarlik tashkiloti")[5], Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining (IIQK) beshta kuchlaridan biri[6]. Bu kuch Basij deb nomlanadi; uning a'zosi forschada basiji deyiladi. 2019-yil iyul holatiga ko‘ra G'ulomrizo Sulaymoniy Basij qo'mondoni.
![]() | |
Turi | Harbiylashtirilgan ko'ngilli militsiya[1] |
---|---|
Maqomi | Yordamchi kuch |
Maqsadi | Ichki xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, axloqiy politsiya, harbiy zahiralar |
Ishga tushgan sanasi |
26-noyabr, 1979-yil (44 yil avval) (1979-11-26) (qaror berilgan)[1] 30-aprel, 1980-yil (44 yil avval) (1980-04-30) (tuzilgan)[1] |
Hududiy xizmati | "Islom inqilobining konstitutsiyasi va maqsadlariga ishongan barcha shaxslarda mamlakatni, Islom Respublikasi rejimini himoya qilish, ofatlar va kutilmagan hodisalarda odamlarga yordam berish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish" |
Asoschi(lar)i | Ruhulloh Xumayniy[1] |
Komandir | Brigada generali Gholamreza Soleimani |
Budjet |
![]() |
Ishchilar soni | 90,000 (CSIS taxmini)[1] |
Aʼzolari |
11 milliondan ortiq zahiradagilar[3] 600,000 available for immediate call-up [4] |
Oʻziga tegishli tashkilotlar |
Mavjud emas(1980–1981) Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (1981-yildan) |
Vebsayti | basij.ir |
Til(lar)i | Forsiy |
1979-yilda Eron inqilobi yetakchisi Oyatulloh Humayniy buyrug‘i bilan Eronda tashkil etilgan bo‘lib, dastlab Humayniy tomonidan Eron-Iroq urushida jang qilishga chaqirilgan harbiylashtirilgan ko‘ngillilardan iborat edi[7]. Akbar Hoshimi Rafsanjoniyning soʻzlariga koʻra,dastlab bu tashkilot mustaqil boʻlgan, 1981-yilning 17-fevralida Eron parlamenti [8] tomonidan Inqilob Qo‘riqchilari Korpusiga rasman kiritilgan va shundan so‘ng ularning oʻrtasidagi xizmatlararo raqobatga barham beriladi[1].
Bugungi kunda kuchlar ko'pincha, rasmiy imtiyozlar evaziga ko'ngilli sifatida qo‘shiluvchi eronlik yoshlardan iborat. Basijiylar ichki xavfsizlikni taʼminlash, jamiyat ustidan davlat nazoratini o‘rnatish[9], huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, ommaviy diniy marosimlarni tashkil etish, axloqiy me'yorlarni tartibga solish, norozilik namoyishlarini bostirish kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yordamchi kuch sifatida xizmat qiladi[10][11]. Bu kuch 2009 yilgi Eron saylovlaridagi keng tarqalgan norozilik namoyishlarida tez-tez ko‘rinish bergan hamda 2017-2018 yillardagi Eron noroziliklariga aralashgan. Basijiylar o'zlarining Eron Oliy Rahbariga sodiqliklari bilan mashhur hamda IIQKga bo'ysunadilar va uning rahbariyatidan buyruq oladilar[12]. Eronning deyarli har bir shahrida basijiylarning mahalliy tashkiloti bor[13].
Basij IIQKning bir qismi bo'lib, AQSh, Bahrayn va Saudiya Arabistoni hukumatlari tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tan olingan[14].