From Wikipedia, the free encyclopedia
Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy — Eronlik siyosiy va diniy arbob. 1989-1997-yillarda Eron Prezidenti, 1980-1989-yillarda Eron Oliy Majlisis raisi, 1979-1980-yillarda Eron ichki ishlari vaziri. Hozirda turli siyosiy ishlar bilan mashgʻul.
Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy | |
---|---|
fors. علي اکبر هاشمی رفسنجانی | |
4-Eron Prezidenti | |
Mansab davri 1989-yil 3-avgust – 1997-yil 2-avgust | |
Oʻtmishdoshi | Ali Xomanaiy |
Vorisi | Muhammad Hotamiy |
1-Eron Oliy Majlisi Raisi | |
Mansab davri 1980-yil – 1989-yil | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etildi |
Vorisi | Mehdi Karrubiy |
Eron ichki ishlari vaziri | |
Mansab davri 1979-yil – 1980-yil | |
Oʻtmishdoshi | Hoshim Sabbogʻiyan |
Vorisi | Muhammad-Rizo Mahdaviy Koniy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
25-avgust 1934-yil Nugʻ qishlogʻi, Kerman ostani, Eron |
Vafoti |
8-yanvar 2017-yil (82 yoshda) Tehron, Eron |
Fuqaroligi | Eron |
Siyosiy partiyasi | Kurashuvchi kliriklar assotsiatsiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Iffat Marashiy |
Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy 1934-yilning 25-avgust kuni Eronning janubida joylashgan Kerman ostanidagi Nugʻ qishlogʻida, kambagʻal oilada tugʻilgan. 16 yoshida Qum shahriga koʻchib oʻtib Ruhillo Xomeyniy darslariga borishni boshlagan. Islom inqilobigacha Rafsanjoniy 15 yil ichida 5 marta qamoqqa tushib oʻtkazgan. Inqilobdan soʻng vaqtinchalik inqilobiy hukumat hukumat tarkibiga kirgan.
1980-yilda u Eronning yangi tashkil etilgan Oliy Majlisida rais etib tayinlangan va ushbu lavozimda 1989-yilgacha faoliyat yuritgan. 1989-yilda Rafsanjoniy Ali Xomanaiy oʻrniga Eron Prezidenti saylovlarida ishtirok etib gʻalaba qozongan va Eron Prezidenti etib tayinlangan. Ali Akbar Rafsanjoniy Prezidentligi 1997-yilning avgust oyigacha davom etgan.
Prezidentligi davrida Rafsanjoniy juda koʻp sohalarda islohotlar oʻtkazgan. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatli yakunlangan, biroq Eronda ozod bozor siyosatini isloh qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ushbu noaniq islohot tufayli mamlakatda inflyatsiya hajmi 49 foizga oʻsib ketgan.
Rafsanjoniyning Prezidentligi davrining boshi oʻsha paytda dunyoda roʻy bergan juda katta siyosiy oʻzgarishlar roʻy berganiga toʻgʻri kelgan. Aynan Rafsanjoniy Eronni qulagan SSSRning Oʻrta Osiyo va Kavkazorti respublikalari bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishga muhim rol oʻynagan. Shuningdek u Arab dunyosi davlatlari bilan ham hamkorlini kuchaytirishga harakat qilgan. Ham tashqi ham ichki siyosat boʻyicha Ali Akbar Rafsanjoniy Eronda eng hurmatli siyosatchilardan biri hisoblanadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.