![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/ff/Barbara_Bouchet_crop.jpg/640px-Barbara_Bouchet_crop.jpg&w=640&q=50)
Barbara Bouchet
germaniyalik-amerikalik aktrisa / From Wikipedia, the free encyclopedia
Barbara Bouchet (nemischada ismi: Bärbel Gutscher; 1943-yil, 15-avgust)[1][2] — nemis-amerikalik millatiga mansub Italiyada istiqomat qiladigan va ishlaydigan aktrisa hamda tadbirkor.
Barbara Bouchet | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Bärbel Gutscher 15-avgust 1943-yil (1943-08-15) (80 yosh) Reichenberg, Sudetenland, Natsistlar Germaniyasi |
Fuqaroligi | AQSh va Italiya |
Kasbi | Aktrisa, Raqqosa |
Faoliyat yillari | 1959-hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Luigi Borghese (turm. 1974; sep 2006) |
Bolalari | 2 nafar |
U 80 dan ortiq filmlar va televizion epizodlarda rol oʻynagan va fitnes boʻyicha videolar hamda kitoblar ishlab chiqaradigan produserlik kompaniyasiga asos solgan. Shuningdek, u fitnes studiyasiga egalik qiladi va uni boshqaradi. U Casino Royale (1967) filmida Miss Moneypenny rolida, „Donʼt Torture a Duckling“ (1972) filmida Patrizia rolida, „Sweet Charity“da (1969) Ursula rolida, The Red Queen Kills Seven Times (1972) filmida Kitty Wildenbruck rolida, Caliber 9 (1972)da Nelly Bordon rolida, The Scarlet and The Black filmida (1983) Minna Kappler rolida va Martin Scorsesening „Gangs of New York“ filmida (2002) Missis Schermerhorn rolida koʻrinish bergan.