![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1c/Martin_Scorsese_Berlinale_2010_%2528cropped2%2529.jpg/640px-Martin_Scorsese_Berlinale_2010_%2528cropped2%2529.jpg&w=640&q=50)
Martin Scorsese
From Wikipedia, the free encyclopedia
Martin Charles Scorsese (1942-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik rejissor, produser, kinodramaturg va bastakor. Yangi Hollywood davrining yirik namoyondalaridan biri sifatida u film tarixidagi eng koʻzga koʻringan va nufuzli rejissorlardan biri sifatida tan olingan. Rejissor Bong Joon-ho 2020-yildagi Oscar marosimida nomzod Martin Scorseseni „ustoz va buyuk Martin Scorsese“ deb atadi.[1]
Martin Scorsese | |
---|---|
![]() Scorsese Berlin film festivalida (2010) | |
Tavalludi |
Martin Charles Scorsese 17-noyabr 1942-yil (1942-11-17) (81 yosh) |
Fuqaroligi | AQSH |
Kasbi | Rejissor, produser, kinodramaturg va bastakor |
Filmlari | Martin Scorsese filmografiyasi |
Faoliyat yillari | 1963—hozirgacha |
Bolalari | 3 |
Mukofotlari |
|
Uning koʻplab filmlarida zoʻravonlik tasviri va rok musiqasidan erkin foydalanishi bilan mashhur. U 1990-yilda filmlarni saqlashga bagʻishlangan „The Film Foundation“ tashkilotiga asos solgan, 2007-yilda Butun jahon film jamgʻarmasini taʼsis etgan va 2017-yilda Afrika filmlari merosi loyihasini taqdim etgan. Scorsese Robert De Niro, Leonardo DiCaprio va muharrir Thelma Shunmaker bilan doimiy ish olib borgan holda, uning loyihalarini yaratuvchilarini oʻzgartirmaslikni afzal koʻradi.