From Wikipedia, the free encyclopedia
Aziz Sancar (talaffuzi: Aziz Sanjar, 1946-yil 8-sentyabr, Savur, Mardin, Turkiya) — turk olimi hamda amerikalik biokimyogar. 2015-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotini Tomas Lindal va Pol Modrich bilan birgalikda „DNKni taʼmirlash mexanizmlari boʻyicha tadqiqotlari“ uchun qoʻlga kiritgan[1].
Aziz Sancar | |
---|---|
Tavalludi |
8-sentyabr 1946-yil |
Fuqaroligi |
Turkiya AQSh |
Millati | Turk |
Sohasi |
Biokimyo Molekulyar biologiya DNK tiklanishi |
Ish joylari |
Yale universiteti University of North Carolina at Chapel Hill |
Mukofotlari |
TÜBİTAK mukofoti Vehbi Koç mukofoti Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti |
U kambagʻal oilada sakkiz farzandning yettinchisi boʻlib tugʻilgan (ota-onasi maʼlumotsiz edi, lekin barcha bolalar oʻqigan)[3]. Uning katta akasi Kenan Sanjar Turkiya qurolli kuchlarining nafaqadagi brigada generali, amakivachchasi Mithat Sanjar esa turkiyalik huquq professori va kurdparast Xalq demokratik partiyasi deputati[4].
Istanbul universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1969). 1971-yilda AQShga koʻchib oʻtdi[5]. Dallasdagi Texas universitetida molekulyar biologiya boʻyicha magistratura va aspiranturani tamomlagan (MS, 1975; Ph. D., 1977)[6]. 1977—1982-yillarda Yel universitetida postdoktor ilmiy xodim bo‘lgan. 1982-yildan — Shimoliy Karolinadagi Chapel Hill universitetida (1988-yildan professor) faoliyat olib borgan.
Xotini: biokimyogar Gven Sancar (Boulz, inglizcha: Esta Gwendolyn Boles Sancar) ham Dallasdagi Texas universiteti bitiruvchisi va Chapel Xilldagi Shimoliy Karolina universiteti professori[7][8][9][10].
2018-yilda Aziz Sanjar Oʻzbekistonga tashrif buyurgan[11].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.