From Wikipedia, the free encyclopedia
Aymen Abdennur [1](arabcha: ) — tunislik futbolchi, Qatarning " Umm Salal " klubi va Tunis terma jamoasida himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.
Aymen Abdennur | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy ma'lumotlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tug`ilgan |
6-avgust 1989-yil (33 yosh) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
186 cm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni |
85 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub haqida ma'lumotlariklube | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqam |
23 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Abdennur „Etoile du Sahel“ klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2008-yilda Tunis chempionatida jamoa safida debyut qildi. 10-yanvar kuni „Bizertin“ga qarshi kechgan duelda Aymen klub uchun birinchi golini kiritgan[2]. Birinchi mavsumida u 21 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urdi va jamoaning eng yosh futbolchisi boʻlgani uchun ham muxlislar sevimlisiga aylangan edi. 2010-yilning 14-yanvarida Aymen Germaniyaning „Verder“ klubiga keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan olti oylik ijaraga o‘tgan[3]. 16-yanvar kuni Frankfurtning „Ayntraxt“iga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi[4].
2011-yilning yozida Abdennur Fransiyaning „Tuluza“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. 6-avgust kuni „Ajaccio“ga qarshi oʻyinda Aymen Liga 1da debyut qilgan[5]. 2012-yilning 26-fevralida u klub safidagi ilk golini „Sosho“ darvozasiga kiritgan[6]. 2012-yilda Aymen yaxshilangan shartlar asosida Tuluza bilan shartnomasini 2016-yilgacha uzaytirgan.
2014-yil boshida Abdennur ijara asosida Monakoga oʻtgan[7]. 29-mart kuni „Evian“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan[8]. Mavsum oxirida „Monako“ Aymenning transferini 13 million yevroga sotib oldi hamda 4 yillik shartnoma imzolagan[9]. 9-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasiga qarshi oʻyinda Abdennur jamoasi uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi[10].
Klubdagi ishonchli oʻyini tufayli 2009-yilda Abdennur 20 yoshida Tunis terma jamoasida debyut qilgan[11]. 2011-yil 5-iyun kuni u milliy terma jamoadagi ilk golini 2012-yil Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida Chadga qarshi o‘yinda kiritdi[12]. 2012-yilda Aymen Afrika Millatlar Kubogiga daʼvogarlik qilgandi. Turnirda u Niger, Marokash, Gabon va Gana jamoalariga qarshi janglarda qatnashgan edi[13][14].
2013-yilda Abdennur ikkinchi marta turnirda qatnashdi[15]. U Togo , Kot-dʼIvuar va Jazoir ga qarshi uchrashuvlarda qatnashgan[16][17].
2015-yilda Aymen uchinchi marta Ekvatorial Gvineyadagi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi[18][19]. Turnirda u Kongo DR , Kabo-Verde, Zambiya va musobaqa mezboni Ekvatorial Gvineya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[20][21].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.