![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/59/Asaka_tumani.png/640px-Asaka_tumani.png&w=640&q=50)
Asaka tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Asaka tumani — Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Marhamat tumani bilan birlashtirilgan, 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan). Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Oltinko‘l, Buloqboshi tumanlari va Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,27 ming km² (2023). Aholisi 347,5 ming kishi (2023). Asaka tumanida 1 shahar (Asaka) va 77ta mahalla fuqarolar yigʻini bor. Markazi — Asaka shahri.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Andijon viloyati |
Maʼmuriy markazi | Asaka (shahar) |
Yirik shahari | Asaka |
Asos solingan sanasi | 1926-yilda |
Hokim | Mo‘minov Nasibullo Nabiyevich [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 347.5 ming kishi |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 0.27 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99874 |
Pochta indeksi | 170200 |
Internet domeni | uz |
Avtomobil raqami kodi | 60-69 |
Xaritada | |
![]() | |
40°40′0″N 72°15′0″E |
Yopish