![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/70/Asaka_%2527_%2527GM-Uzbekistan%2527_%2527_zavodi_2014-01-27_13-46.jpg/640px-Asaka_%2527_%2527GM-Uzbekistan%2527_%2527_zavodi_2014-01-27_13-46.jpg&w=640&q=50)
Asaka (shahar)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Asaka (1937—1991-yillarda Leninsk) — Andijon viloyatidagi shahar (1937-yildan). Asaka tumanining maʼmuriy markazi. Andijon — Toshkent temir yoʻlidagi Asaka stansiyasidan 4 km. Margʻilon, Fargʻona va Andijonga boradigan avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Asakadan Andijon shahrigacha 16 km. Shahar adirlar yoqalab oqayotgan Shahrixonsoy sohilida, dengiz sathidan 495 m balandlikda joylashgan. Uning yon atrofini paxta dalalari, yon-bagʻirlarini bogʻlardan iborat adirlar oʻrab turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26, G, yanvarniki — 2,9°. Viloyatning Andijondan keyingi yirik industrial shahri. Aholisi 52,8 ming kishi (2000).
Qisqa faktlar Mamlakat, viloyat ...
Asaka | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
40°38′0″N 72°14′0″E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Asaka (tuman) |
Hukumat | |
Asos solingan | 1924 |
Ilk eslatilishi | X asr |
Avvalgi nomlari |
Assake Zelensk (1924–1937) Leninsk (1937–1991) |
Qachondan beri shahar | 1991 |
Maydon | 91 km2 (35 kv mi) |
Iqlim turi | kontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2023) |
120 000 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99874 |
Avtomobil kodi | 60 |
Yopish