Aragon (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aragon — Ispaniyaning shimolisharqidagi tarixiy viloyat. 9-asrda Rekonkista jarayonida Aragon grafligi barpo etilgan. 1035-yildan Aragon qirollik, 1137-yil shaxsiy uniya asosida Barselona grafligi bilan birlashgan. 1164-yil Barselona graflari Aragon qirollari boʻlganlar hamda Kataloniyaning barcha yerlarini qirollik tarkibiga qoʻshib olganlar. 13 — 15-asrlarda A. qoʻshinlari Balear orollari, Valensiya, Sisiliya, Sardiniya, Neapolni bosib olgan. Aragon va Kastiliyaning 1479-yildagi sulolaviy uniyasi, yagona davlat — Ispaniyani barpo etilishiga olib kelgan. Maydon 47,7 ming km2. Aholisi 1,2 mln. kishi (1991). Aragon Ispaniyada aholi eng siyrak yashaydi-gan viloyat.Togʻlarida qoʻngʻir koʻmir, temir rudasi, uran, boksit, oltingugurt, marganes konlari mavjud. togʻ daryolariga qator GESlar qurilgan. Qoʻngʻir kumir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markaz-lari bor. Qoʻngʻir kumir qazib chiqarish jihatidan (yiliga taxminan 1 mln. t) Aragon Ispaniyada 1-oʻrinda turadi. Oxos-Negros temir ruda havzasi Aragon iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Aragonning birdan-bir sanoat markazi Saragosa shahar. Bu yerda oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birgalikda metallsozlik va kimyo sanoati korxona-lari mavjud. Aholining 2/3 qismi qishloq xoʻjaligida ishlaydi. Viloyatda zaytunzorlar, tok-zorlar, qand lavlagi va donli ekinlar yetishtiriladi. Saragosa — havo yoʻllarining yirik tuguni. Ma’muriy jihatdan 3 provinsiya — Huesca, Teruel, Zaragoza boʻlinadi.
Aragon
| |
---|---|
Avtonom Jamoat | |
41°00′0″N 1°00′0″W | |
Mamlakat | Ispaniya |
Maydon | 47,719 km2 (18,424 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Ispancha, Aragon tili[1] |
Aholisi (2016) |
1,308,563 |
Zichligi | 27 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
|
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.