From Wikipedia, the free encyclopedia
Amira Rashidova Firdavsovna (ruscha: Амира Фирдавсовна Рашидова ; 1985-yil 30-avgust, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek jurnalisti, „Sevimli“ telekanalining sobiq bosh prodyuseri[1].
Amira Rashidova Firdavsovna | |
---|---|
Amira Rashidova surati | |
Tavalludi |
30-avgust 1985-yil |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Kasbi | jurnalist, prodyuser, instabloger |
Turmush oʻrtogʻi | Rashidov Davlat Abdurafiqovich |
Bolalari | Savlat, Samira, Saidislom |
Otasi | Firdavs Abduxoliqov |
Onasi | Feruza Sharopova Sadriddinovna |
1985-yil 30-avgustda Samarqand shahrida jurnalist Firdavs Fridunovich Abduxoliqov oilasida tugʻilgan. 2002 yilda maktabni tamomlab, oʻsha yili Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. 2006-yilda bakalavr, 2011-yilda esa magistr darajasini oldi.
Televizion loyihalar va teleseriallar prodyuseri[3].
2003-yilning kuzida Amira Rashidova tadbirkor Davlat Rashidovga turmushga chiqdi. Er-xotinning ikki oʻgʻli va bir qizi bor.
“Sevimli” telekanalidagi “Sabriya” milliy serialida behayo sahnalar efirga uzatilgani va bu tanqidlarga sabab bo‘lgani ortidan telekanal bosh prodyuseri bo'lgan Amira Rashidova ommaviy axborot vositalariga bayonot bilan chiqdi.
19-yanvarga kelib Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham serialni jiddiy tanqid ostiga oldi. U nafaqat behayo sahna, balki serialning butun mazmuni axloqsizlik va ayollarni yomonotliq ko‘rsatishga yo‘g‘rilganini taʼkidlab bayonot berdi.
Oradan ko'p vaqt o'tmay telekanal prodyuseri Amira Rashidova o‘zining Instagramʼdagi sahifasi orqali ijtimoiy tarmoqlarda eʼtirozlarga sabab bo‘layotgan “Sabriya” seriali bo‘yicha yozgan posti noto‘g‘ri talqin qilinayotganini maʼlum qildi.
A.Rashidovaning fikriga ko'ra, serialning bir epizodi bir qancha telegram kanallariga tarqatilgan, unda giyohvand yigit qizga tashlanmoqchi bo'lgani aks etgan. Ssenariyda tasvirlangan zo'ravonlik sahnasini rejissor odam vujudi, qon va jang sahnalarini ko'rsatmay suratga olgan. Zo'ravonliklarni ko'rsatmay, yomon insonlarning borligini yashirib yashaydigan davrda emasmiz deya fikr bildirgan. "Sabriya" serialidagi voqealar real hayotdagi insonlarning taqdiridan olingan[5].
Voqealar rivoji Amira Rashidovaning otasi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov shaxsiyati bilan bog'lanib ketdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.