From Wikipedia, the free encyclopedia
Amazon Kindle – Amazon kompaniyasi tomonidan elektron kitoblar uchun chiqarilgan moslamalar seiryasidir. Amazon Kindle moslamasi foydalanuvchilarga elektron kitob, gazeta, jurnal, blog va boshqa raqamli media ma’lumotlarini simsiz tarmoq orqali xarid qilish, yuklash, koʻrib chiqsh va oʻqush imkonini beradi.[1]
Amazon.com shoʻba Lab126 kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan apparat platformasi bitta moslama sifatida boshlangan, lekin endi oʻzi ichiga qator modellar: “Kindle”, “Kindle 2”, “Kindle3” (endi “Kindle Keyboard”), “Kindle 4” va “Kindle DX”, “Kindle 4 touch”, “Kindle 5” va “Kindle Paperwhite”, shuningdek, “Kindle for PC”, “Kindle for iPhone”, “Kindle for Mac”, “Kindle for Android” va “Kindle for BlackBerry” ilovalarini oladi.
Kindle moslamalari elektr siyoh (E-Ink) texnologiyasi asosidagi displeyga ega – oxirgi avlod (oltinchi avlod) qogʻozda oʻqish taassuroti yaratish uchun kulrangning 16 gradatsiyasini minimal energiya sarflab qayta ishlaydi. Moslama Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi.
Kindle moslamasiga elektron qogʻoz asosdagi boshqa moslamalar: Sony Reader, Barnes & Noble Nook, PocketBook Reader, iRex iLiad va boshqalar raqobatchi hisoblanadi.
Kindle moslamasi mikrodastur ta’minoti ARM platformasi uchun Linux asosga tayanadi.[2]
Amazon oʻz xohishiga koʻra bevosita Amazonda sotib olingan kitoblarni oʻchirib tashlashi mumkin. Masalan, Jorj Oruelning kompaniyaning tarqatish huquqi boʻlmagan “Molxona” va “1984” romnalari olib tashlangan. (xaridorlarga puli qaytarilgan).[3][4]
Stiven Kingning “Ur” hikoyasi sujeti Kindle gadjeti asosiga (Kindle 2 boʻlsa kerak) qurilgan.[5]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.