From Wikipedia, the free encyclopedia
Ushbu maqolada birinchi zamonaviy afgʻon davlati – 1709-yilda tashkil etilgan Gilzoyi hokimligi davridan beri Afgʻonistonga rahbarlik qilganlar roʻyxati keltirilgan.
Gilzoyi hokimligi yoki Xotakiylar davlati Mir Vays Xotakiy va qandahorlik boshqa afgʻon qabila sardorlari tomonidan Boburiylar hamda Safaviylar davlatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolondan soʻng tashkil topdi[1][2][3].
Uzoq davom etgan urushlardan soʻng, Xotakiylar davlatini 1747-yilda Ahmadshoh Durroniy boshchiligidagi Durroniylar afgʻon imperiyasi almashtirdi[4][5] .
1823-yilda Durroniylar davlati parchalanganidan keyin barakzoi sulolasi Kobul amirligiga asos soldi. Bu davlat keyinchalik Afgʻoniston amirligi deb atalgan. Birinchi ingliz-afgʻon urushi mobaynida, 1839-yilda Britaniya homiyligidagi sobiq shoh Shujo ul-Mulk taxtni egallagach, Durroniylar xonadoni hokimyati tiklandi. 1842-yilda inglizlarning chekinishi ortidan shoh Shujo oʻldirildi. Shundan soʻng barakzoi sulolasi hokimyatni tortib oldi, oxir-oqibat 1926-yilda amirlik Afg‘oniston Qirolligiga aylantirildi va oxirgi shoh Zohirshoh Muhammad 1973-yilda amakivachchasi Muhammad Dovud Xon tomonidan davlat toʻntarishi natijasida taxtdan agʻdarilgunga qadar mamlakatni (1929-yilda tanaffus bilan) boshqardi. Dovudxon barakzoi xonadonidan boʻlishiga qaramay, anʼanalardan voz kechdi, oʻzini shoh deb eʼlon qilmadi va monarxiyani tugatib, oʻzi prezidenti boʻlgan Afgʻoniston Respublikasini tuzdi[6][7]. Respublika davri 1978-yildagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi boshchiligidagi Savr inqilobiga qadar davom etdi[8].
1978-yildan beri Afgʻoniston davomli fuqarolar urushi va xorijiy bosqinlar holatida qoldi.
Prezident Hamid Karzay 2004-yil 7-dekabrda Afgʻonistonda demokratik yoʻl bilan saylangan birinchi davlat rahbari boʻldi. Uning vorisi, 2014-yil 29-sentabrdan 2021-yil 15-avgustigacha hokimiyat tepasida boʻlgan, Ashraf Gʻani 2021-yildagi Tolibonning keng koʻlamli hujumi mobaynida Kobulning qulashi ortidan mamlakatni tark etdi[9].
Kobulni qaytarib olishi bilan Tolibon Afgʻoniston Islom Amirligini tikladi va 2016-yildan beri uning oliy rahbari, islom olimi Haybatulloh Oxundzoda amalda Gʻani oʻrniga davlat rahbariga aylandi[10].
(Yotiq matn bilan yozilgan sanalar amalda faoliyatning davom etishini bildiradi)
Xotakiylar davlati (1709–1738)
Nomi | Hayot davomiyligi | Hukmronlik boshlanishi | Hukmronlik tugashi | Eslatmalar | Oila | Tasvir |
---|---|---|---|---|---|---|
Mir Vays Xotakiy
| 1673–1715 | 1709 | 1715 | Qandahorda Xotakiylar davlatiga asos soldi. | Xotakiy | |
Abdulaziz Xotakiy | 1717-yilda vafot etgan | 1715 | 1717 | Mir Vays Xotakiyning ukasi | Xotakiy | |
Mahmud Xotakiy | 1697 – 1725-yil 22-aprel | 1717 | 1725-yil 22-aprel | Mir Vays Xotakiyning oʻgʻli | Xotakiy | |
Ashraf Xotakiy | 1730-yilda vafot etgan | 1725-yil 22-aprel | 1730 | Mir Vays Xotakiyning jiyani | Xotakiy | |
Husayn Xotakiy | 1738-yilda vafot etgan | 1730 | 1738-yil 24-mart (taxtdan agʻdarilgan) | Mir Vays Xotakiyning oʻgʻli Qandahor qamalida Nodirshoh tomonidan agʻdarilgan | Xotakiy |
Durroniylar davlati (1747–1823)
Nomi | Hayot davomiyligi | Hukmronlik boshlanishi | Hukmronlik tugashi | Eslatmalar | Oila | Tasvir |
---|---|---|---|---|---|---|
Ahmadshoh Durroniy
| 1720/1722 – 1772-yil 4-iyun | 1747-yil iyun | 1772-yil 4-iyun | Durroniylar sulolasi va Durroniylar davlatiga asos solgan; Zamonaviy Afgʻonistonning asoschisi hisoblanadi | Durroniy | |
Temurshoh Durroniy | 1746-yil dekabr – 1793-yil 20-may | 1772-yil noyabr | 1793-yil 20-may | Ahmadshohning oʻgʻli 1772-yildagi fuqarolar urushi va koʻplab qoʻzgʻolonlardan soʻng otasi vafotidan keyin Durroniy imperiyasini saqlab qoldi | Durroniy | |
Zamonshoh | 1770–1844 | 1793-yil 20-may | 1801-yil 25-iyul (taxtdan agʻdarilgan) | Temurshohning oʻgʻli Otasi vafotidan keyin akalari bilan fuqarolar urushida qatnashgan, keyinchalik taxtdan agʻdarilgan | Durroniy | |
Mahmudshoh Durroniy (1-marta)
| 1769 – 1829-yil 18-aprel | 1801-yil 25-iyul | 1803-yil 13-iyul (taxtdan agʻdarilgan) | Temurshohning oʻgʻli Otasi vafotidan keyin akalari bilan fuqarolar urushida qatnashgan, keyinchalik taxtdan agʻdarilgan | Durroniy | |
Shoh Shujo Durroniy (1-marta)
| 1785-yil 4-noyabr – 1842-yil 5-aprel | 1803-yil 13-iyul | 1809-yil 3-may (taxtdan agʻdarilgan) | Temurshohning oʻgʻli Otasi vafotidan keyin akalari bilan fuqarolar urushida qatnashgan, keyinchalik taxtdan agʻdarilgan va taxtni qaytarib olishga bir necha bor uringan | Durroniy | |
Mahmudshoh Durroniy (2-marta)
| 1769 – 1829-yil 18-aprel | 1809-yil 3-may | 1818 (taxtdan agʻdarilgan) | Temurshohning oʻgʻli Ikkinchi hukmronligi davrida hukmronligidan keyin Hirotga surgun qilingan | Durroniy | |
Alishoh Durroniy | 1818/1819-yilda vafot etgan | 1818 | 1819 (taxtdan agʻdarilgan) | Temurshohning oʻgʻli | Durroniy | |
Ayubshoh Durroniy | 1837-yil 1-oktyabrda vafot etgan | 1819 | 1823 (taxtdan agʻdarilgan) | Temurshohning oʻgʻli | Durroniy |
Kobul amirligi / Afgʻoniston amirligi (1823–1926)
Nomi | Hayot davomiyligi | Hukmronlik boshlanishi | Hukmronlik tugashi | Eslatmalar | Oila | Tasvir |
---|---|---|---|---|---|---|
Sulton Muhammadxon
| 1792–1834 | 1823 | 1826 (taxtdan agʻdarilgan) | Barakzoi sulolasining birinchi hukmdori; Sardor Poyandaxonning oʻgʻli, Doʻstmuhammadxonning ukasi | Barakzoi | |
Doʻstmuhammadxon (1st reign)
| 1792-yil 23-ekabr – 1863-yil 9-iyun | 1826-yil yozi | 1839-yil 6-avgust (taxtdan agʻdarilgan) | Sardor Poyandaxonning oʻgʻli Temurshoh Durroniy oʻgʻillari oʻrtasidagi ichki urushlar tufayli boʻlingan Afgʻonistonni qayta birlashtirish uchun tashkillashtirilgan kampaniyalar. Oʻz hukmdorligi davomida 1839—1842-yillarda Shoh Shujo Durroniy bilan Birinchi ingliz-afgʻon urushi mobaynida bahslashdi. | Barakzoi | |
Shoh Shujo Durroniy (2-marta)
| 1785-yil 4-noyabr – 1842-yil 5-aprel | 1839-yil 7-avgust | 1842-yil 5-aprel | Temurshoh Durroniyning oʻgʻli Birinchi ingliz-afgʻon urushida Britaniya yordami bilan taxtga qaytgan, Kobuldan chekinish natijasida oʻldirilgan. | Durroniy | |
Akbarxon
| 1816–1847 | 1842-yil may | 1843 | Doʻstmuhammadxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Doʻstmuhammadxon (2-marta)
| 1792-yil 23-dekabr – 1863-yil 9-iyun | 1843 | 1863-yil 9-iyun | Sardor Poyandaxonning oʻgʻli Birinchi ingliz-afgʻon urushida inglizlar va Shoh Shujo magʻlubiyatga uchragach, taxtga qaytgan. Inglizlar bilan ittifoq tuzgandan keyin „Afgʻoniston“ atamasi paydo boʻldi. Afgʻoniston ichida qolgan kuchlarni magʻlub etishda davom etdi, 70 yil davom etgan shafqatsiz fuqarolar urushidan soʻng mamlakatni 1793—1863-yillarda vafotigacha birlashtirgan. | Barakzoi | |
Sheralixon (1st reign) | 1825 – 1879-yil 21-fevral | 9 June 1863-yil 9-iyun | May 1866 (taxtdan agʻdarilgan) | Doʻstmuhammadxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Muhammad Afzalxon | 1815 – 1867-yil 7-oktyabr | 1866-yil may | 1867-yil 7-oktyabr | Doʻstmuhammadxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Muhammad Aʼzamxon | 1820–1870 | 1867-yil 7-oktyabr | 1868-yil 21-avgust | Doʻstmuhammadxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Sheralixon (2-marta) | 1825 – 1879-yil 21-fevral | 1868-yil 9-sentyabr | 1879-yil 21-fevral | Doʻstmuhammadxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Muhammad Yoqubxon | 1849 – 1923-yil 15-fevral | 1879-yil 21-fevral | 1879-yil 12-oktyabr (taxtdan agʻdarilgan) | Sheralixonning oʻgʻli Ikkinchi ingliz-afgʻon urushida taxtdan agʻdarilgan | Barakzoi | |
Muhammad Ayubxon
| 1857 – 1914-yil 7-aprel | 1879-yil 12-oktyabr | 1880-yil 31-may (taxtdan agʻdarilgan) | Sheralixonning oʻgʻli Qandahor jangida magʻlubiyatga uchragan va ikkinchi ingliz-afgʻon urushi oxirida surgun qilingan. | Barakzoi | |
Abdurahmon
| 1840/44 – 1901-yil 1-oktyabr | 1880-yil 31-may | 1901-yil 1-oktyabr | Muhammad Afzalxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Habibullo | 1872-yil 3-iyun – 1919-yil 20-fevral | 1901-yil 1-oktyabr | 1919-yil 20-fevral | Abdurahmonxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Nasrullaxon | 1874–1920 | 1919-yil 20-fevral | 1919-yil 28-fevral (taxtdan agʻdarilgan) | Abdurahmonxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Omonullaxon | 1892-yil 1-iyun – 1960-yil 25-aprel | 1919-yil 28-fevral | 1926-yil 9-iyun | Habibulloxonning oʻgʻli | Barakzoi |
Afg‘oniston Qirolligi (1926–1929)
Nomi | Hayot davomiyligi | Hukmronlik boshlanishi | Hukmronlik tugashi | Eslatmalar | Oila | Tasvir |
---|---|---|---|---|---|---|
Omonullaxon | 1892-yil 1-iyun – 1960-yil 25-aprel | 1926-yil 9-iyun | 1929-yil 14-yanvar (abdicated) | Habibulloxonning oʻgʻli | Barakzoi | |
Inoyatullaxon | 1888-yil 20-oktyabr – 1946-yil 12-avgust | 1929-yil 14-yanvar | 1929-yil 17-yanvar (taxtdan agʻdarilgan) | Habibulloxonning oʻgʻli | Barakzoi |
Saqqovistlar amirligi va 1928–1929-yillardagi fuqarolar urushi
Nomi | Hayot davomiyligi | Hukmronlik boshlanishi | Hukmronlik tugashi | Eslatmalar | Oila | Tasvir |
---|---|---|---|---|---|---|
Habibullo Kalakoniy
| 1891-yil 19-yanvar – 1929-yil 3-noyabr | 1929-yil 17-yanvar[note 1] | 1929-yil 13-oktyabr | Shoh va amir sifatida tasvirlangan [note 2]; 1928-29 yillardagi fuqarolar urushi davrida taxtga daʼvogarlik qilgan[16]; taxtda agʻdarilgan va qatl qilingan[17] | sulolasiz | |
Ali Ahmadxon | 1883 – 1929-yil 11-iyul | 1929-yil 17-yanvar | 1929-yil 9-fevral | Qirol sifatida tasvirlangan; 1928—1929-yillardagi fuqarolar urushi davrida Kalakoniyga qarshi koʻtarilgan; qoʻlga olingan va qatl etilgan | Barakzoi | |
Omonullaxon | 1892-yil 1-iyun – 1960-yil 25-aprel | 1929-yil mart | 1929-yil 23-may | Habibulloxonning oʻgʻli Sobiq qirol; 1928—1929-yillardagi fuqarolar urushi davrida taxtga daʼvogarlik qilish uchun Afgʻonistonga qaytgan; oxir-oqibat Britaniya Hindistoniga qaytgan[18] | Barakzoi |
Afg‘oniston Qirolligi (qayta tiklangan; 1929–1973)
Nomi | Hayot davomiyligi | Hukmronlik boshlanishi | Hukmronlik tugashi | Eslatmalar | Oila | Tasvir |
---|---|---|---|---|---|---|
Nodirshoh Muhammad | 1883-yil 9-aprel – 1933-yil 8-noyabr | 1929-yil 15-oktyabr[19] | 1933-yil 8-noyabr | Doʻstmuhammadxonning nevara jiyani Abdulxoliq Hazora tomonidan oʻldirilgan[20] | Barakzoi | |
Zohirshoh Muhammad
| 1914-yil 15-oktyabr – 2007-yil 23-iyul | 1933-yil 8-noyabr | 1973-yil 17-iyul (taxtdan agʻdarilgan) | Nodirshoh Muhammadning oʻgʻli Birinchi amakivachchasi Muhammad Dovud Xon tomonidan 1973-yilgi davlat toʻntarishi natijasida taxtdan agʻdarilgan[6] | Barakzoi |
Ayrim hukmdorlar Afgʻonistondagi ichki ziddiyatlardan foydalanib, taxtga daʼvogarlik qilishga urindilar. Biroq, ularning hukmronligi faqat maʼlum hududlar bilan chegaralangan.
Nomi | Hayot davomiyligi | Hukmronlik boshlanishi | Hukmronlik tugashi | Eslatmalar | Oila | Tasvir |
---|---|---|---|---|---|---|
Jahondodxon | 1914-yil vafot etgan | 1912-yil may | 1912-yil may (taxtdan agʻdarilgan) | Amir sifatida tasvirlangan; 1912-yilgi qoʻzgʻolon davrida faqat Xostda hukmronlik qilgan. | Sulolasiz | |
Abdulkarim | 1897 – 1927-yil 18-fevral | 1924-yil iyul | 1925-yil 30-yanvar (taxtdan agʻdarilgan) | Muhammad Yoqubxonning oʻgʻli Amir sifatida tasvirlangan; 1924—1925-yillardagi qoʻzgʻolon davrida hokimyati Janubiy viloyat bilan chegaralangan | Barakzoi | |
Salemai | tax. 1944 | tax. 1946 (taxtdan agʻdarilgan) | Qirol sifatida tasvirlangan; hukmronligi 1944—1947-yillardagi qabila qoʻzgʻolonlari mobaynida Sharqiy viloyat bilan chegaralangan. | sulolasiz |
Ismi | Tasviri | Hayot davomiyligi | Rahbarlik muddati | Siyosiy mansubligi | |||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Rahbarlikka kelgan vaqti | Rahbarlikdan ketgan vaqti | Rahbarlik muddati | |||||
Afgʻoniston Respublikasi (1973—1978) | |||||||
Muhammad Dovud Xon | 1909–1978 | 1973-yil 17-iyul | 1978-yil 28-aprel | 4 yil, 285 kun | Mustaqil (1974-yilgacha) | ||
Milliy inqilob partiyasi | |||||||
Prezident; Barakzoi xonadonidan (Zohirshoh Muhammadning birinchi amakivachchasi; Savr inqilobi davrida oilasining aksar aʼzolari bilan birga qatl etilgan[21]; Goʻyoki yangi hokimiyatga taslim boʻlishdan bosh tortgani uchun oʻldirilgan[22][8][23]. | |||||||
Afgʻoniston Demokratik Respublikasi (1978–1992) | |||||||
Polkovnik Abdulqodir |
1944–2014 | 1978-yil 28-aprel | 1978-yil 30-aprel | 2 kun | Xalq demokratik partiyasi (Xalq fraksiyasi) | ||
Harbiy Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi. | |||||||
Nurmuhammad Taraqqiy | 1917–1979 | 1978-yil 30-aprel | 1979-yil 14-sentyabr | 1 yil, 137 kun | Xalq demokratik partiyasi (Xalq fraksiyasi) | ||
Harbiy Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi; Chairman of the Presidium of the Revolutionary Council; Hafizullo Amin buyrugʻi bilan oʻldirilgan. | |||||||
Hafizullo Amin | 1929–1979 | 1979-yil 14-sentyabr | 1979-yil 27-dekabr | 104 kun | Xalq demokratik partiyasi (Xalq fraksiyasi) | ||
Inqilobiy kengash Prezidiumi raisi; Shtorm-333 operatsiyasida Sovet maxsus kuchlari tomonidan oʻldirilgan[24]. | |||||||
Babrak Karmal | 1929–1996 | 1979-yil 27-dekabr | 1986-yil 24-noyabr | 6 yil, 332 kun | Xalq demokratik partiyasi (Parcham fraksiyasi) | ||
Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi; Rad etilgan. | |||||||
Hoji Muhammad Chamkoniy | 1947–2012 | 1986-yil 24-noyabr | 1987-yil 30-sentyabr | 310 kun | Mustaqil | ||
Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisi; Milliy yarashuv jarayonining bir qismi natijasida tayinlangan. | |||||||
Muhammad Najibullo | 1947–1996 | 1987-yil 30-sentyabr | 1992-yil 16-aprel | 4 yil, 199 kun | Xalq demokratik partiyasi (Parcham fraksiyasi) (1990-yilgacha) | ||
Vatan partiyasi | |||||||
Prezident (1987-yil 30-noyabrgacha Inqilobiy Kengash Prezidiumining raisi); Isteʼfoga chiqqan. | |||||||
Abdulrahim Hatif | 1926–2013 | 1992-yil 16-aprel | 1992-yil 28-aprel | 12 kun | Vatan partiyasi | ||
Prezident vazifasini bajaruvchi, hokimyatdan agʻdarilgan. | |||||||
Afgʻoniston Islom Davlati (1992–2002-yillar) | |||||||
Sibgʻatullo Mujaddidiy | 1926–2019 | 1992-yil 28-aprel | 1992-yil 28-iyun | 61 kun | Afgʻoniston Milliy ozodlik fronti | ||
Prezident vazifasini bajaruvchi, hokimyatdan agʻdarilgan. | |||||||
Burhoniddin Rabboniy | 1940–2011 | 1992-yil 28-iyun | 2001-yil 22-dekabr | 9 yil, 177 kun | Jamiyati islomiy | ||
Prezident; 1996-yil 27-sentyabrda Tolibon tomonidan Kobul egallanishi natijasida qochib ketgan[25]; oʻz lavozimiga toʻliq tiklangunga qadar 1996—2001-yillardagi fuqarolar urushi davrida Shimoliy ittifoq nazorati ostida boʻlgan hududlarda 2001-yil 13-noyabrda Kobul qayta qoʻlga kiritilguncha prezidentlik faoliyatini davom ettirdi; 1996—2001-yillar oraligʻida „Islomiy davlat“ Afgʻoniston hududining atigi 10 foizini nazorat qilganiga qaramay, xalqaro tan olingan hukumat boʻlib qoldi. | |||||||
Hamid Karzay | 1957-yilda tugʻilgan | 2001-yil 22-dekabr | 2002-yil 13-iyul | 203 kun | Mustaqil | ||
Afgʻoniston Muvaqqat maʼmuriyati raisi; 2001-yilgi Bonn konferensiyasi tomonidan tayinlangan[26]. | |||||||
Afgʻoniston Islom Amirligi (1996–2001) | |||||||
Mulla Muhammad Umar |
2013-yilda vafot etgan | 1996-yil 27-sentyabr | 2001-yil 13-noyabr | 5 yil, 47 kun | Tolibon | ||
Oliy rahbar; Kobulning qulashi ortidan hokimyatdan agʻdarilgan[27] va 2001-yil 7-dekabrda Qandahorning qulashidan keyin yashiringan[28][29]; 2013-yil 23-aprelda vafot etguniga qadar Tolibon isyoni davridagi mavqega daʼvo qilishni davom ettirgan; 1996-yildan 2001-yilgacha Islom Amirligi mamlakat hududining qariyb 90 foizini nazorat qilishiga qaramay, hech qachon xalqaro miqyosda tan olinmagan. | |||||||
Muvaqqat Afgʻoniston Islomiy Davlati (2002–2004) | |||||||
Hamid Karzay | 1957-yilda tugʻilgan | 2002-yil 13-iyul | 2004-yil 7-dekabr | 2 yil, 147 kun | Mustaqil | ||
Muvaqqat prezident, 2002-yilgi loya jirgʻa tomonidan saylangan. | |||||||
Afgʻoniston islom respublikasi (2004–2021) | |||||||
Hamid Karzay | 1957-yilda tugʻilgan | 2004-yil 7-dekabr | 2014-yil 29-sentyabr | 9 yil, 296 kun | Mustaqil | ||
Prezident; Mamlakatning demokratik saylangan ilk davlat rahbari; 2004-yilgi saylovda saylangan va 2009-yilgi saylovda qayta saylangan. | |||||||
Ashraf Gʻani | 1949-yilda tugʻilgan | 2014-yil 29-sentyabr | 2021-yil 15-avgust | 6 yil, 320 kun | Mustaqil | ||
Prezident; Hokimiyatning birinchi tinch yoʻl bilan almashishi; 2014-yilda saylangan va 2019-yilda qayta saylangan; Kobulning qulashi paytida hokimyatdan agʻdarilgan. | |||||||
Afgʻoniston islom amirligi (2021–hozirgi kungacha) | |||||||
Mulla Mavlavi Haybatulloh Oxundzoda |
Tugʻilgan sanasi nomaʼlum | 15 August 2021[10] | Amaldagi | 3 yil, 11 kun | Tolibon | ||
Oliy rahbar; 2016-yil 25-maydan Kobul qayta qo‘lga kiritilgunga qadar Tolibon qo‘zg‘oloni davridagi isyondagi mavqega da’vo qilgan. Islom amirligi butun Afgʻoniston hududini nazorat qilishiga qaramay, hozirda xalqaro miqyosda tan olinmagan[30]. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.